|
Ilm-fan va ta’lim mamlakatlar milliy iqtisodiyotidan ham oldinda bo‘lishi kerak. Zamonaviy didaktikaning muhim vazifasi umumiy ta’lim va xususan, chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishdir
|
Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 18,79 Kb. | | #137235 |
Bog'liq METODIKA VA NAZARIYA
Ilm-fan va ta’lim mamlakatlar milliy iqtisodiyotidan ham oldinda bo‘lishi kerak. Zamonaviy didaktikaning muhim vazifasi - umumiy ta’lim va xususan, chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishdir. Bugungi kunda globallashuv tushunchasi keng tarqalgan. Bu chet el kompaniyalarida ishlashni xohlovchilarni o'ziga jalb qiladi va ular chet tilini o'rganishga majbur bo'lishlariga olib keladi [1]. Ta'lim olish va ish topish iqtisodiyot uchun ham muhim rol o'ynaydi. Ba'zan bu muammo, chunki turli mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish notekis. Odamlar o’zlariga mos keladigan ish topish yoki ta'lim olish uchun ba’zan boshqa davlatlarga ko'chib o'tishlariga to’gri keladi. Bu odamlarning chet tillarini, boshqa mamlakatlar madaniyati va tarixini o'rganishiga yana bir sababdir. Transmilliy korporatsiyalar va muvozanatsiz iqtisodiyot odamlarni xalqaro ta'lim olishga va kasbiy migratsiyasiya qilishlariga olib keladi. 21-asrning boshlaridan boshlab O’zbekistonda chet tillarini o'rganishning ijtimoiymadaniy konteksti sezilarli darajada o'zgardi. Ularning maktablarda va universitetlarda o’rgatilishi va mustaqil o’rganish roli, shuningdek, umumiy mehnat bozoridagi kasbiy ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Bu esa o’z navbatida chet tillarini o'rganish motivatsiyasining oshishiga olib keldi. Chet tillarni oʻqitish metodikasi va nazariyasi XXI asrda, chet tili qoʻllanila boshlanganidan buyon jamiyat, iqtisodiyot va sanoat rivojlanishining hozirgi tendentsiyalariga muvofiq takomillashtirilishi va rivojlanishi kerak.
Metodologiya. O'qitish metodikasi - bu o'qituvchi va talabalarning o'zaro tartibli bog'langan faoliyatlari orqali metodlarni o'rganadigan fanlar majmuasidir. Metodologiya- ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan, hamda o'qituvchining maqsadli harakatlar tizimi asosida o'quvchilarni maqsadlariga erishishga yetaklaydigan ta'lim faoliyati hisoblanadi [2]. Metodika bir qancha o'qitish usullarini o'z ichiga oladi, ular quyidagilar: an'anaviy, innovatsion va boshqalar. Chet tilini o'rgatish metodologiyasi biron bir fanga bir tomonlama yo'naltirishdan qochgan holda, o'qitishning nazariy va amaliy masalalarini hal qilishda asosiy va tegishli fanlar ma'lumotlarini o'z ichiga oladi [3]. Metodologiya fan sifatida ta'lim jarayoniga asoslangan xolda, tarkibiy qismlarga bo'linadi, bular: o'qituvchining o'quv faoliyati, mashg'ulotlarni tashkil etish (maqsadlari, mazmuni, texnikalari, usullari va vositalari), talabalarning ta'lim faoliyati [3].
Ta'lim nazariyasi - pedagogikaning bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish qonuniyatlarini o'rganuvchi, shaxsni turli faoliyat turlariga, o'qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllariga, ta'lim jarayonining uning ishtirokchilariga ta'sirini o'rganuvchi pedogogika sohasi hisoblanadi [4]. Nazariya ikki jihatda ko‘rib chiqiladi: o‘qitishning yondashuvlari va prinsplari. Prinsip - faoliyat turlarida pedagogik tushunchaning, idrok etilgan qonun va qonuniyatlarning, o'qitishning maqsadlari, mohiyati, mazmuni, tuzilishi haqidagi bilimlar, uni amaliyotning tartibga soluvchi normasi sifatida ishlatishga imkon beradigan instrumental ifodasidir. O'qitishga yondashuv - bu metodikaning asosiy kategoriyasi bo'lib, til tadqiqotchisi va til o'qituvchisining tilning o'zi va uni o'zlashtirish yo'llari haqidagi qarashlari haqida tushuncha beradi. U tilni o'rganish tizimining tarkibiy qismi bo'lib, tilni o'zlashtirishning eng umumiy lingvodidaktik asosi bo'lib xizmat qiladi va tanlangan bilim strategiyasi haqida tushuncha beradi, bu o'qitish usullari va turlarini tanlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'qitishga yondashuv quyidagilarga asoslanadi: tilning tegishli nazariyasi (lingvistik ta'lim asoslari) va o'rganish / o'qitish nazariyasi (didaktik o'rganish asoslari) [5]. Chet tillarni o`qitish nazariyasi va metodikasi shunday fanki, chet tili materiallariga asoslangan holda o‘qitishning maqsad va mazmuni, metod va vositalari va tarbiya metodini o‘rganadi [6]. Chet tilini o'rgatish nazariyasi va metodologiyasi nafaqat chet tili grammatikasini, nutq va yozishni o'rganish, balki boshqa mamlakatlar madaniyati, tarixi va an'analarini ham o'rgatish hisoblanadi. Chet tillarini o'qitishning asosiy fanlari: tilshunoslik, pedagogika, didaktika, psixologiya va psixolingvistika hisoblanadi [3]. Chet tillari o'qitishning bir nechta metodlari mavjud: 1) Grammatik tarjima metodi - an'anaviy metod ham deb ataladi. Bu metod g'arbda yashovchi odamlar Lotin va Yunon tilini o'rganmoqchi bo'lishganda paydo bo'lgan. Grammatik tarjima metodining asosi grammatik qoidalar, lug'atlarni eslab qolish va turli xil tuslanishlar va kelishiklar, matnlar tarjimasi va yozma mashqlarni bajarish bo'lgan [7]. 2) To'g'ridan to'g'ri metodi. Bu metodning asosiy tamoyili ikkinchi tilni o'rganish ham xudi birinchi tilni o'rganish kabi bo'lishidir. Bu metod og'zaki munosabatlarni, ta'sirsiz tildan foydalanishni, birinchi va ikkinchi til orasida tarjimadan foydalanilmaslikni, grammatik qoidalarning tahlilidan biroz yoki umuman qochishni o’z ichiga oladi
3) Kirishimli yoki kommunikativ til o'rgatish metodi. Til o'rganishning ko'plab metodlaridan biri bu - Kirishimli yoki kommunikativ til o'rgatish metodi hisoblanadi. Bu metodda o'rganuvchi markazda bo'ladi va ko'pincha muloqotga va hayotiy vaziyatlarga urg'u beriladi [7]. 4) Audio-lingual metodi (armiya metodi, eshitish-og'zaki metodi yoki yangi kalit nomlari bilan ham ma'lum) shuday metodki, talabalar bunda tilni takrorlash, takrorlanuvchi birliklarni yoki kundalik ishlatiladigan dialoglarni mashqlar ketma-ketligi orqali takrorlab o'rganishadi. Audio lingua metodi 1950 -1960 yillarda ta'limda ustuvorlik qilgan [7]. Chet tillarini o'qitishning bir nechta biroz samarali bo'lgan an'anaviy usullari ham mavjud. Ammo, jamiyat rivoji ko'proq foydali bo'lgan metodlar va texnikalarni qo'llashni talab qilmoqda. Bir nechta tillarni bilish hayot normasi bo'lmoqda. Chet tilida muloqot qilish darajasidagi muhim muammolarni hal qila oladigan mutaxassisni shakllantirish uchun, chet tillarini tez va samarali o'rganish uchun innovatsion usullar kerak. Multinatsional kompaniyalar ishini innovatsion, aloqa va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish mushkul. Yana bir muvafaqqiyatli yondashuvlardan biri bu loyiha metodi. Yevropa tillariga ''loyiha'' so'zi Lotin tilidan o'zlashtirilgan bo'lib, ''projectus'' “atrofga otib yuborilgan”, “birovning ko'ziga zarba bermoq” degan ma'nolarni bildiradi. Xorijiy til darslariga ishora qilgan holda, loyihalar aynan o'qituvchilar tomonidan tayyorlanadi va mustaqil ravishda studentlarning kompleks harakati bilan olib boriladi va ijodiy mahsulot yaratilishi bilan tugatiladi. Shunday qilib, loyihalar usuli - bu talabalarning mustaqil harakatlari natijasida natijalarni majburiy ravishda taqdim etish orqali u yoki bu muammoni hal qilishga imkon beradigan o'quv va kognitiv usullar to'plami. Loyiha usullari bir nechta vazifalarni hal qilishga yordam beradi: o'quvchilarning so'z boyligini kengaytirish, o'rganilgan leksik va grammatik materialni rivojlantirish. Loyihalar guruhlarda va individual ravishda amalga oshirilishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, loyihalar usuli talabalarga jamoada ishlashga tayyor bo'lish, tanlov uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish, jamoa a'zolari bilan mas'uliyatni bo'lishish, natijalarni tahlil qilish faoliyati, umumiy til topa olish, jamoada va individual ravishda muammolarni hal qila olish kabi qobilyatlarni rivojlantirishga yordam beradi [8]. Chet tilini o'rgatish maqsadi talabalarning kommunikativ faoliyati, ya'ni amaliy chet tilini bilishidir. O'qituvchining vazifasi - faoliyatini faollashtirish, har bir o'quvchining o'quv jarayonida ijodiy faoliyati uchun vaziyatlar yaratish. Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, nafaqat o'quv jarayonini jonlantiradi va diversifikatsiya qiladi, balki ta'lim bazasini kengaytirish uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi, shubhasiz, ulkan motivatsion salohiyatga ega va ta'limni individuallashtirish tamoyillariga yordam beradi. Loyiha faoliyati talabalarga muallif, ijodkor sifatida harakat qilish imkonini beradi, ijodkorlikni oshiradi, nafaqat umumiy dunyoqarashni kengaytiradi, balki til bilimlarini kengaytirishga ham hissa qo'shadi
Natijalar va xulosalar Loyiha metodologiyasini nemis tilini o'qitishda, shuningdek, maktab o'quv dasturida qo'llash ba'zi ijobiy natijalarni ko'rsatadi: 1) Talabalar chet tilini o'rganishda yaxshi natijalarga erishadilar.
2) O‘quvchilar informatika darslarida olgan ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 3) Talabalar fanlararo aloqalar zarurligini tushunadilar. Loyiha uslubi an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 1) Chet tilini o'rganishda talabalarning motivatsiyasini oshirish. 2) Turli fanlar yoki fanlar bo'yicha bilimlarning visual integratsiyasini ta'limda namoish etish. 3) Rag'batlantirish va ijodiy faoliyat uchun ochiq joy mavjudligi [9]. Milliy iqtisodiyotlarni birlashtirgan transmilliy kompaniyalarning global dunyosida, odamlar boshqa mamlakatlarning tillari, madaniyati va tarixini o'rganishlari kerak degan xulosaga kelish mumkin. Bunga erishish uchun bir tomondan ta'lim va chet tilini o’qitishning universal va innovatsion usullari ishlab chiqilishi kerak. Boshqa tomondan, zamonaviy ta'lim sharoitida chet tili o’qitishning samarali amalga oshirilishi bu - loyihani o'qitish usullari demakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Online lug’at “Macmillan dictionary”. – Elektron matn. – URL:
https://www.macmillandictionary.com/dictionary/british/globalization 2. Pedagogikada o’qitish metodlari: kontseptsiyani oshkor qilish. – Elektron matn. – URL: https://zaochnik.com/spravochnik/pedagogika/teorijaobuchenija/metodobuchenija-v-pedagogike/ 3. Chet tillarni o`qitish metodikasi ilmiy soha sifatida – Elektron matn.–URL:
https://studme.org/167135/pedagogika/metodika_obucheniya_inostrannym_yazyka
m_nauchnaya_oblast 4. Borytko N. M. O’qitishning nazariyasi. – 2006 – Bet. 3. – Elektron matn.–
URL:http://window.edu.ru/resource/325/63325/files/Teoriya_obucheniya.pdf 5. Bekarevich, T. I. "Yondashuv" tushunchasi boshlang'ich va o'rta maktablarda chet tillarini o'qitishning nazariy tadqiqotlar metodikasida. 2012 Betlar. 314 – 315. – Elektron matn. – URL: https://moluch.ru/conf/ped/archive/21/1507/ 6. Chet tillarni fan sifatida o‘qitish metodikasi. Tadqiqot predmeti va usullari. – Elektron matn. – URL: https://lektsii.org/18-27322.html 7. Nurhayati Lusi, Ling M .App., Supriyanti Nury, Triastuti M. A. Anita. – Teaching English as Foreign Language Methodology (TESOL). –2008 – Betlar. 26 – 28. Elektron matn. – URL:
http://staff.uny.ac.id/sites/default/files/TEFL%20Methodolog%20diktat_0.pdf 8. Methods of teaching English language (2.2.3 Using project method in teaching a foreign language) – Elektron matn. – URL:
https://knowledge.allbest.ru/languages/2c0b65635b3bd79a5d43a88521306d37_0.ht
m
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ilm-fan va ta’lim mamlakatlar milliy iqtisodiyotidan ham oldinda bo‘lishi kerak. Zamonaviy didaktikaning muhim vazifasi umumiy ta’lim va xususan, chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishdir
|