Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilga “Ilm-ma’rifat
va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif qildi. Davlat rahbari bu
haqda 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tdi.
Shavkat
Mirziyoyevning
ta’kidlashicha,
O‘zbekiston
raqamli
texnologiyalar sohasida juda orqada qolgan.
“Aksariyat vazirlik va idoralar rahbarlari axborot
texnologiyalaridan juda
yiroqda — buni rost-ro‘y aytish kerak. Lekin bunday rahbarlarga — u hokim
bo‘ladimi, vazir bo‘ladimi — ertangi kunda o‘rin yo‘q.
Shuni hamma bilishi
kerak. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak,
keyin kech
bo‘ladi”, — dedi Prezident. Davlat rahbarining alohida ta’kidlashicha, raqamli
iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi besh yilda eng ustuvor vazifalardan biri
bo‘ladi.
“Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot
va xizmatlar sifatini oshiradi,
balki ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Qolaversa,
bu korrupsiyaga qarshi
samarali vositadir. Bu barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat
boshqaruvi va ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni
keng joriy etib,
natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda odamlar
turmushini yaxshilash
mumkin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu munosabat bilan, Prezident O‘zbekistonda “ilm-fan
yanada ravnaq
topishi, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan
ishlarimizni davom ettirish maqsadida” 2020-yilga “Ilm-ma’rifat
va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif qildi. Taklif tadbirga
yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident
buning uchun minnatdorlik bildirdi.