|
Ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq Ilm-fan 0108ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy
hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.
Odatda dasturlash tillarida abzats kodni oson o’qilishi uchun ishlatiladi. Ammo Pythonda
abzats kodning blokini ajratib ko’rsatadi. Misol keltiramiz: if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta")
Agar kodimizni mana bunday tarzda yozsak dasturda xatolik yuz beradi: if 5 > 2: print("Besh
ikkidan katta") Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki
nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy
amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi. Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali
vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin. a = 1; b = 2; print(a, b) Buni ko`p ham qo`llamang!
Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.
Pythonda o`zgaruvchilar Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish
uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib
turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar
kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining
konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning
qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu
qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi. Pythonda o’zgaruvchilar ularni qiymatlarini tenglashtirish
bilan hosil qilinadi. O’zgaruvchilarning turini alohida e’lon qilish shart emas. Pythonda
barchasi avtomatik tarzda ishlaydi: x = 5 y = "Salom dunyo" O’zgaruvchilarni hosil qilish
O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida saqlovchi konteynerlardir. Boshqa
dasturlash tillaridan farqli, Python o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun alohida buyruqqa ega
emas. O’zgaruvchilar ularga qiymatni tenglashtirish orqali hosil qilinadi. Quyida biz 2 ta
o’zgaruvchini 2 xil trudagi qiymatga biriktiramiz va ekranga chiqaramiz: x = 5 y = "Python"
print(x) print(y) O’zgaruvchilarni qaysi turda ekanligni e’lon qilish shart emas. Buni Python
avtomatik tarzda aniqlaydi. O’zgaruvchilarning turlarini kodning istalgan qismida o’zgartirish
ham mumkin. x = "Dastur" # x-satr x = 5 # x endi butun son print(x) Satrli o’zgaruvchilar
qo’shtirnoq yoki bittalik tirnoqlar ichiga yozilish bilan e’lon qilinishi mumin: x = "Dastur" #
ikkala o'zgaruvchi ham bir xil y = 'Dastur’.
Python operatorlari Operatorlar o’zgaruvchi va qiymatlar ustida amallar bajarish uchun
ishlatiladi. Python operatorlari quyidagilar:
1.
Arifmetik operatorlar
2.
O’zlashtirish operatorlar
3.
Taqqoslash operatorlari
4.
Mantiq operatorlari
5.
Aniqlash operatorlari
6.
A’zolik operatorlari
7.
Bitli operatorlar
Arifmetik operatorlar Arifmetik operatorlar odatiy matematik amallarni bajarish uchun
ishlatiladi:
+ Qo’shish x+y
- Ayirish x-y
* Ko’paytirish x*y
/ Bo’lish x/y
% Qoldiqli bo’lish x%y
|
| |