• Umurzaqova Shahzoda Azamatovna Ozbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Ozbekiston Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Ilmiy asoslari




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana11.04.2024
    Hajmi0.74 Mb.
    #193076
      1   2
    Bog'liq
    To‘ychiyeva Nodira G‘ulom qizi
    Astranomiya test, TOPSHIRIQ, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Holidays, 7.6.План воспит.урока, Achitilgan mahsulotlar sifatiga qoyilgan standart talablar, LOVIYA BIOLOGIYASI VA YRTISHTIRISH TEXNOLOGIYASI, Zamira intervyu, Презентация PPTX, 2.1. Ma\'ruza, The independence of Uzbekistan, External devices. Comparative and cumulative quality level, 8-mavzu Global tarmoqlarni tashkil etish, portal.guldu.uz-MODDA TUZILISHI , Funksional qatorlarning yaqinlashuv alomatlari


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    1068 
    MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR RIVOJLANISHINI TA’MINLASHNING 
    ILMIY ASOSLARI 
    To‘ychiyeva Nodira G‘ulom qizi 
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
    Jizzax filiali “Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi assistenti. 
     Umurzaqova Shahzoda Azamatovna 
    O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, O'zbekiston
     
    Annotatsiya: Ushbu yozilgan maqolada milliy iqtisodiyot, unga berilgan ayrim 
    ta’riflar hamda hozirgi dunyo davlatlari rivojlanayotgan davrda dunyo mamlakatlari 
    iqtisodiyoti qatorida O‘zbekiston iqtisodiyotini ham rivojlantirish, O‘zbekiston 
    respublikasi prezidenti so‘zlari va bazi adabiyotlar talili o‘rganilgan, bo‘lib ular hammasi 
    iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, liberallashtirishga qaratilgan. 
    Kalit so‘zlar: Milliy iqtisodiyot, ijtimoiy iqtisodiyot, mamlakat iqtisodiyoti
    makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish , barqaror iqtisodiy o‘sish. 
     
    KIRISH 
    Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat 
    qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan 
    yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy 
    munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan 
    iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va 
    mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy 
    xoʻjalik sistemasi. 
    Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi 
    iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan 
    yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat 
    taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. 
    Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadi iqtisodiy o'sish jarayonida 
    jamiyatning barcha a’zolari uchun maqbul turmush sharoitlarini ta’minlashdan iborat. 
    Bu maqsadni amalga oshirish cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, 
    inflyatsiya va ishsizlikni yo‘qotish, ijtimoiy muammolarni hal etish asosiy o‘rin 
    egallaydi. 
    Ayni damlarda nafaqat Yevropa, balki Sharqiy Osiyoda ham milliy iqtisodiyoti 
    rivojlangan va butun dunyo hamjamiyatiga chiqa olgan davlatlar mavjud. Markaziy 
    Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan 
    umumdemokratik milliy iqtisodiyot shakllantirilayotgani hech kimga sir yoki yangilik 
    bo‘lmasa kerak. 
    Ayni dam rivojlanib borayotgan bir paytda milliy iqtisodiyotni innovatsion 
    rivojlanishini ta’minlab bera oladigan davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston 


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    1069 
    uchun anchagina murakkab va ayni vaqtda dolzarb hamda yechilishi muqarrar bo‘lib 
    turgan vazifalar qatorida. 
    Hozirgi innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirish davrida sanoat sohasida 
    ilmiy olimlar, ishbilarmonlar korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini boshqarish, 
    belgilash bo‘yicha qarashlarning kam miqdorda rivojlanganligi, yoki yetarli 
    rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi, chunki ular uning faqat ikkita asosiy jihatini 
    ajratib berishadi: ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv va iqtisodiy faoliyat samaradorligini 
    boshqarish. 
    Jumladan, 2022–2026-yillarga belgilangan “Taraqqiyot strategiyasi”da ustuvor 
    vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish orqali aholi jon 
    boshiga YaIM hajmini oshirish ko‘zda tutilganligi ham bor gap. 
    Aynan mana shu strategiyaning uchinchi yo‘nalishi – “Milliy iqtisodiyotni, uning 
    o‘sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha belgilab 
    qo‘yilgan ustuvor vazifalarni 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar 
    strategiyasi”ning iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
    yo‘nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomchisi deyish mumkin. 
    Mamlakat iqtisodiyoti va eksporti tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori 
    qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini jadal sur’atlarda oshirishga 
    yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yanada yuksaltirish O‘zbekistonda uzoq muddatli barqaror 
    iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14- yanvardagi 
    Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy 
    barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab 
    qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki 
    bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor 
    vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar.
    135
    A.SH. Bekmurodov va U.V. G‘afurovning fikricha, «Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi 
    ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs 
    xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining 
    takomillashuvida ifodalanadi». Iqtisodchi A. Mo‘minovning qarashicha: Iqtisodiy o‘sish 
    deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri 
    keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy 
    salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan 
    foydalaniladi
    136

    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarining asosiy maqsadi 
    bo‘lib unga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jumladan. Tadbirkorlikda sanoatni 
    rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin. 
    135
    Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 
    Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning 
    eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. - 
    Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 8-b. 
    136
    4Mo‘minov A. «Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat» //O‘zbekiston ovozi. 20.05.2016 y.


    Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
    «Научный Фокус» май, 2023 
    1070 
    Sanoatda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi tarmoqda 
    sohadagi tarkibini o‘zgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi. 
    Bugungi kunda sanoatni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilash, 
    uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatining yuksaltirishga 
    qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab 
    chiqmoqda. 
    Demak, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tishi ko‘p jihatdan ushbu 
    mamlakatning jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyalashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
    Yangi industrial mamlakatlarning tajribasini qiyosiy taqqoslaganda import o‘rnini 
    qoplash siyosatiga nisbatan eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sish modeli 
    samaraliroqligini ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli mamlakatlar tashqi savdo yo‘lidagi 
    to‘siqlarni olib tashlash va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga harakat qilishadi. 
    Ushbu holat jahon iqtisodiyotining o‘sishi sharoitida ommaviy tus oladi. 
    Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda makroiqtisodiy siyosatni yanada 
    takomillashtirish, 
    iqtisodiyotni 
    modernizatsiyalash 
    sharoitida 
    iqtisodiyotni 
    barqarorlashtirish, milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyalash 
    yo‘nalishlarini kengaytirish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. 
    Xulosa 
    Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga 
    intiladi. 
    Demak, biz yuqorida ko‘rib chiqqan va bildirilgan fikrlar hamda izlanishlar 
    asosida bilishimiz mumkinki, aynan yuqorida ko‘rganimiz, “Harakatlar strategiyasi” va 
    uning mantiqiy davomchisi bo‘lmish “taraqqiyot strategiyasi” ham boshqa sohalar 
    singari milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga ham qaratilgan. 
    Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy o‘sishga erishish, uning sur’atlarini barqaror va 
    maqbul darajada bo‘lishini ta’minlash nafaqat O‘zbekiston balki jahonning barcha 
    davlatlari uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki iqtisodiy o‘sish 
    ko‘rsatkichi mamlakatning kuch-qudratini va aholining farovonligini belgilovchi asosiy 
    ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha amalga 
    oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar faqat bitta maqsadga– aholi farovonligini oshirish, 
    turmush tarzini yaxshilash va xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgandir. 

    Download 0.74 Mb.
      1   2




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish