|
Ilmiy rahbar “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”
|
Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 8,41 Kb. | | #105320 |
Bog'liq rahbar xulosasiiiii
Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Safaraliyeva Mehrangis Shamil qizining “Boshlang‘ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
XULOSA
Safaraliyeva Mehrangisning “Boshlang‘ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Kirish qism, 3 bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda tayanch so‘zlardan iborat.
Bitiruv ishining Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganganlik darajasi, maqsad, vazifalari to‘g‘ri belgilangan. Bitiruv ishini yoritishda belgilangan tadqiqot metodlaridan foydalanilgan, ya’ni mavzuni o‘rgatishda qo‘llanilishi nazarda tutilgan metodlar yuzasidan tajriba-sinov o‘tkazilgan, tajriba sifatida olingan natijalar tahlil qilingan va umumlashtirilgan.
Bitiruv ishida qo‘yilgan maqsad, ya’ni boshlang‘ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash metodikasi mavzusini o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari, usullarini amalda qo‘llashni yoritib berilgan.
Talaba mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbaalardan o‘rinli foydalanilgan, boshlang‘ich sinflarda lugʻat ustida ishlash mavzusini tushuntishda pedagogik usullardan qanday foydalanish yoritilgan.
Boshlang‘ich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash yuzasidan yozilgan bitiruv malakaviy ishining tajriba-sinov qismida foydalanilgan savollar to‘g‘ri, aniq tuzilgan. Boshlang‘ich sinflar lugʻat ustida ishlash jarayoni uchun pedagogik tushuntirishlar o‘quvchining yoshini, o‘zlashtirishini, o‘ziga xos alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ish bitiruv malakaviy ishga qo‘yilgan talab darajasida yozilgan, uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ilmiy rahbar “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”
kafedrasi dotsenti, Phd: U.A. Masharipova
|
| |