Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari




Download 1.02 Mb.
bet1/2
Sana05.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#69972
  1   2
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari
FАZOVIY O‘TISHLАR, Kompyuter tarmoqlarining tarixi-fayllar.org, Ustiga

Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari


Ma’lumki, fan sohasida endigina faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassis yetarli darajada bilimlar majmuiga ega bo‘lishi kerak. Bunday majmuani tashkil qilgan bilimlar banki quyi ta’lim bosqichlarida yaratildi.Xususan, maktab va kollejlarda o‘quvchilar tabiat, jamiyat va inson olami, atrofdagi turli hodisalar va qonuniyatlar haqida ilmiylik hislatiga ega bo‘lgan dastlabki tayanch tushuncha va tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.Bakalavriat bosqichida talaba tanlab olgan fan yo‘nalishiga doir asosiy tushunchalar, g‘oyalar va tamoyillarni o‘rganib oladi, uning ongida nazariya va ular birligini namoyon etgan tizimli bilim shakllanadi. Bunday bilim nisbatan sodda struktura va xossalarga ega bo‘lgan tuzilmalarni o‘rganish va tushunish, hayotimizga kirib kelayotgan yangi buyumlar, texnik vosita va moslamalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga o‘quvchi ham, bakalavr ham oldin yaratilgan va darsliklarga kiritilgan tayyor bilimlar bilan ishlaydi, o‘qish jarayonida elementar uslubiy qoida va tamoyillarga tayanib u predmetga (fanga) oid savollar ustida mulohaza yuritadi.Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda, nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.
Agar maktab, kollejda ta’limning bakalavriat bosqichida talabalar oldin ishlab chiqilgan va tayyor shaklga keltirilgan ilmni o‘zlashtirsalar, magistraturada hal etilmagan, ya’ni hodisa yoki qonuniyatni ochish, texnologik tuzilma loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini beradigan muammolar o‘rganiladi.To‘g‘ri, o‘quvchi yoki bakalavr olimpiada va to‘garaklarda qatnashish, hamda o‘z ustida muntazam ishlash davomida intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini o‘stirishi mumkin. Lekin, bu holat yuqorida bildirilgan mulohazani rad etmaydi, aksincha, fan dargohiga qadam qo‘ygan olimpiada sovrindori yoki stipendiant kelajakda iqtidorli tadqiqotchilar safini to‘ldiradi.
Fan xususida mulohaza yuritadigan bo‘lsak, birinchi ko‘zga tashlanadigan narsa, bu uning jamoaviy hislatidir. Fanda tadqiqotchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatadi. Bunday jamoada turli vazifalarni (eksperimentni tayyorlash va va o‘tkazish, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, natijalarni umumlashtirish va h.k.) bajarishda namoyon bo‘ladigan mehnat taqsimoti mavjud. Ilmiy jamoani faoliyati bir qator huquqiy, ijtimoiy, malakaviy va ma’naviy qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. Shularni hisobga olib fan tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: fan-tadqiqotchilar faoliyatini tashkillashtiradigan, yangi ilmiy bilimlar ishlab chiqaradigan, olingan natijalarni amaliyot va texnologiyaga joriy qiladigan ijtimoiy institutdir (muassasasidir).
Fan o‘zagini yangi bilimlar ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilar tashkil qiladi. Tadqiqotchilar maxsus til, eksperiment va ilmiy usullardan foydalanish jarayonida innovatsiyaga olib keladigan yangi natijalarni qo‘lga kiritadilar, kashf qiladilar, voqelikdagi narsa va hodisalarni tushuntirib beradigan ta’limotlar, g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqaradilar, hosil bo‘lgan bilimlarni texnologik loyiha va modellar ko‘rinishida amaliyotga tadbiq qiladilar.Fanning muhim tomonini ilmiy axborot ishlab chiqish va iste’mol qilish, tadqiqot vositalari va usullarini yaratish, olingan natijalarni turli darajadagi anjumanlarda muhokama qilish tashkil qiladi.
Fan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo‘lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo‘limlari, ilmiy axborot kommunikatsiyalari va boshqalar kiradi.Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko‘zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida Respublika Prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda
Tadqiqot olib birish qoida va usullarini bilish fanda samarali ijod qilish imkoniyatini beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug‘ullanishga kirishgan yosh kuchlarda tadqiqotchilik malakasi hali yetarli bo‘lmaydi. Shu bois, ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan qoidalar, tamoyillar va uslubiy tavsiyalarni o‘rganish ilmiy muammoni to‘g‘ri qo‘yish, uni hal qilishga qaratilgan yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo‘llarini ko‘rsatadi. Shu holatdan kelib chiqib, mazkur fan maqsadini quyidagicha belgilash mumkin:

Download 1.02 Mb.
  1   2




Download 1.02 Mb.