• SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI
  • Ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/8
    Sana12.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #136086
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2.1-ppt

    Individuallashtirish
    SI o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tizimli tahlil qilish orqali o‘qituvchilarga qaysi darslarni qayta ko‘rib
    chiqish zarurligi haqida aniq ma’lumot berishi mumkin. Bu tahlil o‘qituvchilarga barcha o‘quvchilar uchun eng 
    yaxshi o‘quv dasturi va unga mos mavzularni yaratishga imkon beradi. o‘quvchilar imkoniyatlarini oldindan
    taxmin qilish orqali dars jarayonini eng maqbul metod va usullar orqali tashkil qilish, tushintirish jarayonini
    tahlil natijalariga hamohang tarzda olib borish imkoniyatini SI pedagogga taqdim etadi.
    SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIM 
    JARAYONIDAGI 
    AHAMIYATI


    Savollarga javob berish
    Ta’lim jarayonini raqamlashtirish ta’lim maskanidagi bilimlarning elektron manbasini shakllantirish bilan uzviy
    bog‘liq. Bu jarayon rivojlangan mamlakatlar o‘quv jarayonida keng qo‘llanilamoqda. Bu kabi elektron
    ma’lumotlar SIning chatbot xususiyati orqali o‘qituvchi aralashuvisiz o‘quvchilarning turli xil savollariga
    avtomatik javob berishi ularning darsdan tashqari faoliyatini manitoring qilishi va o‘quvchilarning zaif
    nuqtalarini rivojlantirish uchun individual ishlashi mumkun. Bu o‘qituvchining darsdan tashqari faoliyatini to‘g‘ri
    tashkil etishiga yordam beradi.
    SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIM 
    JARAYONIDAGI 
    AHAMIYATI


    Avtomatlashtirilgan nazorat
    SI ta’lim jarayoni bilan bog‘liq turli ma’muriy ishlarni tashkil etishi, hujjatlarni tahlil qilishi, o‘quv jarayonini
    mobillashtirishi, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berishi mumkin. Bundan tashqari avtomatlashgan
    nazorat o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini soatma-soat tahlil qilishga va bu haqida o‘quvchilar uchun eslatmalar
    qoldirish orqali ularning bilim olish samaradorlik ko‘rsatkichlarini doimiy kuzatib borish imkonini beradi. Biroq, 
    avtomatlashtirish vositalari muammoli jarayonlarda mustaqil yondashuvni cheklashi va o‘quvchi faoliyatidagi
    har qanday xatoni uning psixalogik xususiyatlarini inobatga olmasdan tenglik tamoyili asosida baholashi
    individual yondashuvdagi shaxsiyat va qurilma o‘rtasidagi katta farqni ko‘rsatadi. Ammo Unversal SI yaratilishi
    bu ko‘lamdagi har qanday muammoga izchil yechimlarni taqdim etadi.

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish