|
Axborotlashgan jamiyati konstepstiyasi
|
bet | 18/76 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #99123 |
Bog'liq Oâquv uslubiy majmua magistratura barcha taâlim yoânalishlari uc-fayllar.orgAxborotlashgan jamiyati konstepstiyasi (mualliflari – E. Masuda, D. Martin, G. Molitor va b.) hozirgi zamon fanida muhim o‘rin egallaydi. U industrial va postindustrial jamiyat konstepstiyasi o‘rnini egallagan bo‘lib, informatika va axborot texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ishlab chiqarish kuchlarini o‘zgartirish, yaxlit axborot sanoatini vujudga keltirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatni qurish davlat dasturlari qabul qilingan. Bunday dastur, masalan, Yaponiyada qabul qilingan. Uni yapon olimi E. Masuda o‘zining «Axborotdan dunyo miqyosida foydalanishning yangi davri» va «Axborotlashgan jamiyat – postindustrial jamiyat» asarlarida bayon etgan.
Dunyoda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining nazariy asoslarini XX asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarning boshida axborotlashgan jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi yangi konstepstiyalarda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili ishlab chiqarish va axborotlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Z.Bjezinskiy, D.Bell, E.Toffler22 jamiyat taraqqiyotini “bosqichlar almashinuvi” sifatida o‘rganar ekanlar, axborotlashgan postindustrial jamiyat taraqqiyotini, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa iqtisodiy xizmat sohalaridan keyin keluvchi “to‘rtinchi” iqtisod axborotlashgan sektorining ustuvorligi bilan bog‘laydilar. Ular industrial jamiyatning asosi – kapital va mehnat o‘z o‘rnini axborotlashgan jamiyatda axborot va bilimga bog‘liq deb hisoblaydilar. Boshqa ba’zi nazariyotchilardan farqli o‘laroq bu olimlar inqilobni ijtimoiy – siyosiy harakat natijasi sifatida emas, balki jamiyatning sinfiy tuzilishini ijtimoiy nodifferenstial “axborotlashgan jamoa” bilan almashtiruvchi “axborotli portlash”ida ko‘radilar23.
E.Toffler kelajakni “axborotlashgan redukstionizm” asosida tahlil qiladi: industrializmdan yangi postindustrial stivilizastiyaga o‘tish kompьyuter inqilobi asosida axborot texnologiyalarining hukmronligi bilan amalga oshiriladi. Bu ishlab chiqarish uslubi innovastiyalari turmush tarzi va madaniyat bilan boshqariladi va hozirgi zamon global muammolarini hal qilishga harakat qiladi.
“Uchinchi to‘lqin” asarida E.Toffler “postindustrial jamiyat”ga o‘tish manzarasini yoritadi, ya’ni “to‘lqinlar – bu tarix to‘lqinlari bo‘lib, uni insoniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida o‘tib, stivilizastiyani yaratadi24. Bir – biridan keyin keluvchi bu to‘lqinlar uch harakatdan iborat tarix dramasini ko‘rsatuvchi fanni yaratadi: uch stivilizastiya to‘lqini; industrial jamiyatgacha bo‘lgan (agrar) stivilizastiya, industrial (sanoat) stivilizastiya, va jamiyat infratuzilmasini va kishilar turmush tarzini o‘zgartiruvchi axborot texnologiyalar asosida postindustrial (kompьyuter - axborotlashgan) stivilizastiyadir25. Bunda E.Toffler bugungi kun uchun radikal, yangi bo‘lgan va kelgusi avlod turmushini tubdan o‘zgartiradigan axborotlashgan jamiyat elementlarini bayon etadi.
|
| |