«ilmiy tadqiqot metodologiyasi»




Download 0,55 Mb.
bet35/76
Sana15.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#99123
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uc-fayllar.org

Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka ega bo‘ladi.Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo‘ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi.
Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, CH.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi nazariyasi, D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi).
O‘rganilayotgan ob’ektlarning fan dalillari yordamida aniqlanuvchi miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqalar va izchil takrorlanuvchanlik xossasini yorituvchi empirik gipotezalarva empirik qonunlar dalillarni umumlashtirishning eng murakkab shakllari hisoblanadi.
Ilmiy dalillar, empirik gipotezalarva empirik qonunlar faqat hodisalar va jarayonlar qanday yuz berishi haqida bilim beradi, biroq ular hodisalar va jarayonlar nima uchun aynan shunday tarzda yuz beradi, degan savolga javob bermaydi, ularning sabablarini tushuntirmaydi. Fanning – hodisalarning sabablarini aniqlash, ilmiy dalillar zamirida yotgan jarayonlarning mohiyatini tushuntirish,vazifasi ilmiy bilimning oliy shakli – nazariya doirasida hal qilinadi.
Ilmiy dalil ishonchlik uzatish, eksperiment mahsulidir: u ob’ektlarni bevosita kuzatish, asbob ko‘rsatkichi, foto surat, o‘tkazilgan sinovlarning bayonnomalari, sxemalar, qaydlar, shohidlarning guvohliklari bilan tasdiqlangan arxiv hujjatlari va hokazolar ko‘rinishida amal qiladi. Biroq, qurilish materiallari hali bino bo‘lmaganidek, dalillar ham o‘z holicha fanni tashkil etmaydi. Dalillar saralab olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va tushuntirilganidan keyingina fandan o‘rinoladi. Ilmiy bilishning vazifasi mazkur dalilning yuzaga kelish sababi, uning muhim xossalarini, dalillar o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishni aniqlashdani borat. Yangi dalillarning aniqlanishi ilmiy bilish taraqqiyoti ychun juda muhim ahamiyatga ega.
Dalil ba’zan tasodifiy narsalarni ham o‘z ichiga oladi. Fanni avvalo umumiy, qonuniy narsalar qiziqtiradi. Ilmiy tahlil negizini bitta dalil emas, balki asosiy tendensiyani aks ettiruvchi dalillar to‘plami tashkil etadi. Dalillar son-sanoqsizdir. Ko‘p sonli dalillar orasidan muammoning mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan ayrimlari oqilona tanlab olinishi lozim.
Biroq bunda amaliyot mezoni amalda insonning biron-bir tasavvurini to‘liq tasdiqlash yoki inkor etishga qodir emasligini unutmaslik kerak. Bu mezon ham shu darajada nomuayyanki, u insonga o‘z bilimlarini to‘ldirish va rivojlantirishga muhtoj bo‘lmagan uzil-kesil va to‘liq haqiqatga aylantirish imkonini bermaydi.
Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo‘lgan, ular boshqa dalillarga bog‘lab anglab etilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o‘zaro bog‘langan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Alohida va tasodifan, hayotda ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga qodir emas. Noto‘g‘ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin, biroq u hech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Kogerent nazariyaga muvofiq «dalil» - bu biluvchi sub’ektning haqiqiy deb tan olgan narsalaridir. Bunda sub’ektning mavjud bo‘lgan ishonchlari sistemasi (birgalikdagi) ichki kelishilgan sistema, deb qaraladi. F.Bekon o‘z bilish nazariyasida empirik dalilarning ahamiyatini ulug‘laydi. Uning fikricha, “Sof empirik olim chumoliga o‘xshab faqat dalillarni yig‘ishi va ular bilan kifoyalanadi, sof ratsionalist, nazariyotchi esa, aksincha, dalillarga e’tibor bermay, o‘rgimchakka o‘xshab o‘z-o‘zidan nazariy to‘r to‘qiydi, biroq haqiqiy olim asalariga o‘xshab har xil gullardan material yig‘adi va ularni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etadi”. Bunda mazkur dalillar yordamida nazariyaga aniqlik kiritish yoki aksincha, uni eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan deb topish talab etiladi. Ayni shu ma’noda, ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Biroq dalillar nazariyani belgilamaydi, balki nazariya o‘zining anglab etilgan tajribasiga kirishi mumkin bo‘lgan u yoki bu dalillarni tanlaydi. SHuning uchun ham A.Eynshteyn “Fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan, tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim” degan xulosaga keladi. Mazkur fikr muayyan darajada to‘g‘ri. CHunki ilmiy dalil o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar o‘z mazmun-mohiyatini saqlab qoladi. Dalillarni umumlashtirish tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladi. Dalillar saralab olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va tushuntirilganidan keyingina ilmiy ahamiyat kasb etadi.



Download 0,55 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Download 0,55 Mb.