Imitatsion modellashtirishni shakllantirish va qo‘llash texnologiyasi




Download 53.92 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi53.92 Kb.
#48025
Bog'liq
Mavzu 9
Botirov B.Sh., A-1, A-3, Uzluksiz ta’lim pedagogikasi-kompy.info, Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari. Reja-fayllar.org (1), 1. Янгиобод ШФЙ йул харитаси (2), 2. Совот ҚФЙ йул харитаси, Аvtomatika relelari, ayba

§9. Imitatsion modellashtirishni shakllantirish va qo‘llash texnologiyasi.
Imitatsion modellashtirish nomi ingliz tilidagi “Simulatsion modeling” iborasining so‘zma-so‘z tarjimasidir.
Imitatsion modelning kompyuterdagi ishi kompyuterda amalga oshiriladigan ko‘p jihatlari tomonidan fizikaviy ekspermentga o‘xshash bo‘lgan hisoblanuvchi eksperimentdan iborat bo‘ladi. Bu yerda “hisoblovchi eksprement” modelning ishi haqiqiy fizikaviy tizimning emas, balki shartli ravishda faraz qilinuvchi tizimning imitatsiyasidan ibrat bo‘lgan jarayondir.
Hisoblanuvchi eksperiment davomida o‘rganiluvchi model parametrlari variatsiyasi, strukturasi, tizimdagi alohida qismlarning xatti harakatlari to‘g‘risida qabul qilingan ginotezalar takomillashtiriladi.
Imitatsion modellarshtirish kamchiligi imitatsion tizimni qurilishi matematik modelning qurilishidan ko‘plab marotaba qimmatroq va qiyinroqdir sababi imitatsion model o‘zida faqat matematik formulalarni asos qilib olmasdan, balki logik qarorlarni ham qabul qilishi zarur bo‘ladi.
Imitatsion model kompyuterda qandaydir bir mantiqiy algoritmni amalga oshirayotgan dastur sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Imitatsion modellashtirish, o‘rganilayotgan tizimning, kiruvchi tasodifiy ta’sirlar va tashqi muhitni inobatga olgan holda xatti-harakatini va o‘zaro hamkorligini imitatsiya qiluvchi, modellashtiruvchi algoritmni qurish va sinash jarayonini namoyon bo‘lishidan iboratdir.
Imitatsion model umuman modellarning eng asosiy xususiyatiga egadir- u tajribaning ob’ekti bo‘lishi mumkin, eksperiment kompyuter dasturi ko‘rinishida keltirilgan model ustidan olib boriladi.
Imitatsion model tizimning diskret holatlarining almashinuvining tasodifiy jarayonini aks ettiradi. Modelni kompyuterda amalga oshirilayotgan paytda, tadqiqot predmeti sifatida o‘rin olgan modellarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘planishi amalga oshiriladi. Modellashtirish tugagandan so‘ng to‘plangan statistik ma’lumotlarga ishlov beriladi va modellashtirish natijalari tadqiqot qilinayotgan kattaliklarning qayta ishlash taqsimotlari ko‘rinishida chiqariladi.
Modellashtirishning maxsuslashtirilgan dasturlash tillari.
Imitatsion modellashtirish raqamli hisoblash mashinalarida murakkab dinamik tizimlarni o‘rganishda eng yaxshi usullardan biridir. Har qanday kompyuterli modellashtirish kabi bu usul endi o‘rganilayotgan tizim ustida xavfsizlik va xarajatlar hisobiga tabiiy tajribalar olib borish foydasiz bo‘lgan holda hisoblash tajribalari olib borish va tizimni o‘rganish imkonini beradi. Shu bilan birga o‘zining fizik modellashtirishga yaqin bo‘lgani uchun bu tadqiqot usuli foydalanuvchilar uchun kengroq imkoniyat yaratadi. Imitatsion modellar dasturlashning universal tillari vositasi yordamida realizatsiya qilinishi mumkindir. Modellashtirishning maxsuslashtirilgan dasturlash tillari yaratilgan bo‘lib (11-rasm.), ular modelning barpo etilishini va modellashtirish natijalariga ishlov berilishlarini sezilarli darajada soddalashtiradilar (12-rasm).
Imitatsion modellashtirish — bu tajriba o‘tkazilayotgan tizimni yetarlicha aniqlikda ifodalaydigan model bilan almashtiriladigan usuldir. Model ustida tajriba o‘tkazish imitatsiya deyiladi.
Imitatsion modellashtirish - bu matematik modellashtirishning xususiy holidir. Shunday sinfdagi ob’ektlar mavjudki, ularning modellari ishlab chiqilmagan, yoki ishlab chiqilgan modelni yechish usullari ishlab chiqilmagan. Bunday holda model imitator yoki imitatsion modelga almashtiriladi. Imitatsion model - bu murakkab ob’ektni loyihalash, tahlil qilish maqsadida kompyuterda tajriba o‘tkazishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy-matematik xossalaridir.



12 - rasm. Avtomobilni boshqarish simulyator - modeli

Agar analitik modelni murakkabligi modellashtiriladigan ob’ektning murakkablashgani 13-rasmda ko‘rsatilganidek tezlanishli ravishda o‘sib borsa, unda imitatsion modelning murakkabligi qandaydir S0 pog‘onadan boshlab unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan darajada o‘sadi.


Immitatsion modelning afzalliklariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- Algoritmning soddaligi;
- Kompyuterning bexosdan o‘chib qolishiga bardoshlilik;
Immitatsion modellashtirish metodi, katta ishlab chiqarish samaradorligiga va xotirasiga ega bo‘lgan sonli hisoblovchi mashinalarning paydo bo‘lishi sharofatiga ko‘ra tez rivojlanib bormoqda. Imitatsion modellashtirishning asosiy maqsadlaridan biri turli xildagi operatsiyalarda samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iboratdir.

13-rasm. Model murakkablashuvining o‘sib borishi tasviri.


Samaradorlik ko‘rsatkichlari tasodifiy kattaliklar xarakteristkalarining yoki operatsiyalar yakunlanishlarining ehtimolliklarini baholanishi ko‘rinishida gavdalanishlari mumkin. Birinchi holatda bularning ichiga vaqt, resurslarning sarflanishi, qarama-qarshilik ko‘rsatayotgan taraflarning soni, masofalar va h.k.lar kiradilar. Ikkinchi holatda samaradorlik ko‘rsatkichi ehtimollik sifatida gavdalanadi, masalan, operatsiyaning maqsadiga belgilangan vaqt ichida yetishishlik, texnikaning soz holatda bo‘lishligi talab etilishi mumkin.
Download 53.92 Kb.




Download 53.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Imitatsion modellashtirishni shakllantirish va qo‘llash texnologiyasi

Download 53.92 Kb.