• Ehtiyot qismlar
  • Kichik o'yinchoqlar va yodgorliklar




    Download 359.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi359.76 Kb.
    #162498
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3146-Текст статьи-7690-1-10-20211026
    Все профессии нужны, rasm, Doc1
    Kichik o'yinchoqlar va yodgorliklar: Plastik o'yinchoqlar, ichki bezaklar 
    yoki kichik sovg'alar suvenirlari 3D printerda osongina chop etilishi mumkin. 
    Arxitektura sxemalari :Chizmalarga ko'ra, deyarli minimal harakatlar bilan 
    uyning, yozgi yashash joyining, hatto mashinaning modelini osongina chizish 
    mumkin. Agar ushbu tanlov tanlasa ikki yo'l bilan borish mumkin: oddiy odamlar 
    uchun uy modellarini bezatish sifatida sotish yoki binolarning tayyor modellarini 
    taqdim etish uchun muhandislar va qurilish kompaniyalari bilan ishlash 
    imkoniyatini beradi. Sovg'alar sifatida, binolar va avtoulovlarning modellari ham 
    chop etish mumkin.
    Ehtiyot qismlar: 3D printerda har qanday mayda narsa-buyumlarni bosib 
    chiqarish mumkin. Hatto avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ham tayyorlanishi 
    mumkin. Masalan, eshik tutqichi, yon oyna va boshqalar.
    Oziq-ovqat sanoati: 3D printerda hatto yaratish mumkin bo'lmagan 
    narsalarni ham yaratish mumkin. Gidrokolloidlar yoki gidrogel oziq-ovqat 
    mahsulotlarini chop etish uchun ishlatiladi. Ularning yordami bilan olimlar shakar, 
    qaymoq, shokolad, banan, non va boshqalarni osongina ko'paytirishi mumkin.
    Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo‘nalishda 
    amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning 
    qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya to‘siqlarini 
    hech qanday qoliplarsiz “chop etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, 
    kengligi 10 metr bo‘lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida 
    balandligi olti metr bo‘lgan binoni “barpo qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” 
    o‘rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, 
    hozircha bu usulda yirik inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. 
    Landshaft dizayni va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura 
    shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda. 
    Tibbiyotda ham 3D-printerlarni qo‘llash istiqbollari juda katta. Misol uchun, 
    bunday yo‘sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg‘ash qiyin bo‘lgan 
    individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Stomatologiyada 


    vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‘ implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan 
    keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani 
    qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha, 
    kelajakda inson organlarini “chop etish” imkoniyatlari ham yo‘q emas. 3D-
    printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik, 
    mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek 
    ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino yulduzlari, multfilmlar 
    qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish 
    imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini 
    shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob 
    taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. 
    Qayd etish kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat 
    plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. 
    Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin. 
    Yuqoridagi malumotlarga tayangan holda oliy ta`lim muassasalarining 
    texnologik ta`lim yo’nalishlari talabalariga zamonaviy 3D printerlar haqida 
    ma`lumotlar berish va ulardan foydalanish bo’yicha uslubiy ishlanmalar ishlab 
    chiqish maqsadga muvofiq. 
    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion 
    texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh 
    avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi 
    istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q. 

    Download 359.76 Kb.
    1   2   3   4




    Download 359.76 Kb.
    Pdf ko'rish