|
Organizm nospetsifik ximoya omillari
|
bet | 2/3 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #114020 |
Bog'liq ImmunitetOrganizm nospetsifik ximoya omillari
Organizm nospetsifik ximoya omillari
Immun sistema - limfoid organ, tuqima va xujayralar yig’indisi bo’lib, organizmning genetik jixatdan doimiyligini, gomeostazini ta’minlaydi. Uning asosida struktura jixatidan doimiyligini ta’minlash asosida o’zinikidan - begonani ajrata olish prinsipi yotadi. O’zinikidan begonani ajratishda asosan asosiy gistosigishtirshi kompleksi va ularni ekspretsiya qilinuvchi maxsulotlari qatnashadi. Ko’pchilik xollarda o’zining o’zgargan xujayralarini aniqlash immun sistema uchun begona xisoblanadi va begona sifatida unga qarshi kurashadi.
Antigenlarni maxsusliklari
Tur maxsusligi. Xar bir tur o’z antigen xususiyati bilan boshqa turlardan farq qiladi. M: odam - maymundan, ot - eshakdan va x.
Gurux maxsusligi. Xar bir tur ichida antigen xususiyati bilan bir biridan farqlanuvchi guruxlar mavjud.
Xujayra va to’qima maxsusligi. Organizmdagi ko’plab xujayralar, to’qimalar, organlar Ag jixatdan bir-birlaridan farqlanadi.
Bosqichli maxsuslik. Organizmni xar bir rivojlanish bosqichi o’zini Ag xususiyati bilan farqlanadi, ya’ni tug’ilmasdan xomila ag bilan tug’ilgandan keyingi Ag to’g’ri kelmaydi.
Tip maxsusligi. Ko’proq mikroorganizmlarga qo’llaniladi. M: pnevmatok kapsula ag bo’yicha bir necha tiplarga bo’linadi.
Autoantigenlar - ba’zi bir Ag ma’lum bir sharoitda organizmda Ag xususiyatini namoyon kilishi mumkin, kachonki bu xujayralar uzlariga immun sistemani tolerantligi yukolgan bulsa (kuyganda, yukumli kasallanishdan so‘ng, nurlanish va x.). bundan tashqari organizmda tabiiy autoantigenlar xam avjuddir. Bularga kiradi ko‘z gavxari, qalqonsimon bez, bosh miya xujayralari, sperma va x.
Endogen antigenlar – o’zi organizmni xujayralarini maxsuloti, kupchilik xollarda virus oksillari xujayralar tomonidan sintez kilinadi, anamal oksillar, opuxol xujayralari ularni Ag- deperminantlari SD8 T-limfotsitlar tomonidan tavsiya kilinadi, MNS T sinf molekulalari bilan birgalikda.
Gaptenlar antigen xususiyatga ega lekin, immunogenlik xususiyati yo’q. gaptenlar tashib yuruvchi (shliper) moddalar bilan birikkanda to’la qimmatli bo’lishlari mumkin. Immunogenlik xususiyati tiklanadi.
Organizmning kasal chaqiruvchi mikroorganizmlarga nisbatan kurashish qobiliyatidagi mexanizmini o’rganishlar ulkan yutuqlarga olib keldi va u ikkita immunitet nazariyasining kelib chiqishiga sababchi bo’ldi. Jumladan, I.I.Mechnikov tomonidan 1887 yilda immunitetning «fagotsitar» nazariyasi hamda P.Erlix tomonidan 1901 yilda «gumoral» nazariyalar yaratildi.
Immunitetda qatnashuvchi a’zolar 4 guruhga bo’linadi:
1. Markaziy – timus (ayrisimon bez) va suyak ko’migi;
2. Periferik qismi – limfa tugunlari, qorataloq, limfoepitelial tizim (turli xil organlardagi shilliq pardalar);
3. Markaziy asab tizimi (MAT) dagi to’siq ularni o’rab turuvchi qavatlar, ko’z, urug’donlar, Timus parenximasi, xomiladorlikdagi xomilaning bachadonda to’siqlar yordamida himoyalanishi.
Markaziy asab tizimidagi to’siqlarni «gematoenetsefalik bar’er» deyiladi;
4. To’siqlar orasidagi – teri.
|
| |