Vol. 28 (2022): Miasto Przyszłości
91
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Tuproqqa Asosiy Ishlov Berish Texnologiyasi Va Mashinalari
Kamolov Umidjon Abidovich
1
Anatatsiya: Mamlakat aholisi va sanoatini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifalardan
biridir. Agrar sohada o‘tkazilayotgan chuqur izchil islohotlar o‘z
samarasini berib, fermer xo‘jaliklarining yiriklashuvi,
texnika bazalarining kengayishi, ularga ko‘rsatiladigan servis tizimining shakllanib, mukam-mallashuviga olib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligida paxtachilik va g‘allachilik yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz nafaqat
don mustaqilligiga, balki uni eksport qilish imkoniyatiga ham erishdi. o‘zgaruvchan tabiiy-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi
oldida turgan asosiy masalalarni hal qilish borasida ilmiy, texnik yangiliklardan va ilg‘or tajribalar, innovatsion g'oyalar va
texnologiyalardan unumli foydalanish va ularni takomillashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining
raqobatbardoshligini oshirishga erishildi.
Kalit so'zlar: Modernizatsiya, pirovard, tuproq zarrachalari, osma-to‘ntarma, ikki yarusli, havo, suv, shudgor.
Qishloq xo‘jaligida fermerlik
harakatining rivoj topishi, yer resurslaridan samarali foydalanish agrotexnik jarayonlarni
bajarishda bo‘layotgan sarf-xarajatlarni kamayishini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan traktorlar va
qishloq
xo‘jaligi mashinalarining takomillashib borishi ham texnologik jarayonlarga bir qator yangiliklarni kiritishni taqozo
etmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid chiqarilgan mamlakat Prezidentining farmonlari
va Vazirlar Mahkamasining
qarorlarini [1,2,3] hayotga tatbiq etilishi natijasida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga e’tibor yanada kuchaydi va mahsulot
yetishtirish obyektlarining zamonaviy mashina va mexanizmlar bilan qurollanishi yana bir bosqichga ko‘tarildi. Albatta,
agrar sohada energetik imkoniyatlarning kengayishi, modernizatsiyalanishi, yetishtirilayotgan
mahsulotlarning turi va
hajmini ko‘paytirishga, pirovardida, xalq farovonligini yanada oshirishga zamin yaratadi.
Aynan shunday murakkab
masalalarni eng qulay va energiya tejamkor texnika va texnologiyalardan foydalanib amalga oshirish mutaxassisdan chuqur
nazariy bilim va malakaviy ko‘nikmalarni talab etadi. [4]
Tuproqqa asosiy ishlov berishda osma-to‘ntarma (Yeropal 5 3+1, Yeropal 5 4+1, N100, Lemken Vari Opal 120-4, Lemken
Opal, Vari-Diamant 95N 100, PNO-4-45) (1- rasm), [5] umumiy ishlarga mo‘ljallangan (LD-100, O‘P-4/5-40, PLN-4-35,
PLN-5-35), (2-rasm) va ikki yarusli (PYa-3-35, M R-2/3-45, PNYa-4+1-45, PD -4-45) pluglari ishlatiladi.