Vol. 28 (2022): Miasto Przyszłości
92
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
3-rasm. Plugning asosiy qismlari va ularni rostlash o’lchamlari.
1-rama, 2-chimqirqar, 3-diskli pichoq, 4-asosiy korpus.
Shamol va suv eroziyasiga uchraydigan maydonlarda tuproqni ag‘darmasdan shudgorlash usuli qo‘llaniladi. Bunda
ag‘dargichi bo‘lmagan maxsus pluglar va yassi chuqur yumshatgichlardan foydalaniladi. [8]
Bu agrotexnik tadbir kulrang tuproqning namligi 16—18% atrofida bo’lganda
bajarilishi kerak, bunda tuproq yaxshi
uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga yopishmaydi va uning kesishga qarshiligi eng kam bo‘ladi. [9] Natijada, yoqilg‘i
va materiallar sarfi kamayib, agregatning ish unumi ortadi. Agar tuproq nami yetarli bo‘lmasa, albatta dalaga suv berish va
tuproq yetilgandan so‘ng unda ishlov o‘tkazish kerak.
Yer haydash ishlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar:
haydov chuqurligining belgilanganidan chetlanishi, sm ±2;
o‘simlik qoldiqlarining ko‘milish chuqurligi, sm:
ikki yarusli pluglar uchun 20 sm;
umum iy ishlar pluglari uchun 10 sm;
shudgorda o‘lchami 50mm dan kichik bo‘lgan kesakzor miqdori, %, kamida 75;
shudgor yuzasidagi uvatlarning o ‘rtacha balandligi, sm, ko‘pi bilan 5.
Hozirgi paytda yerlarni ikki yarusli shudgorlash texnologiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda tuproqning ustki 10—
15 sm ozuqa moddalarga boy qatlami nam yaxshi saqlanadigan sharoitli pastki qismiga ko‘chadi, shunda o‘simliklar ozuqa
moddalardan yanada to‘liqroq foydalanadi. [10] Qalinligi 15—30 sm li pastki ozuqa moddalari kamroq bo'lgan
tuproq
qatlami dala betiga to‘liq chiqariladi. Natijada chuqur ko‘milgan begona o‘tlarni ko'karib chiqishi 40—60 kunga kechikadi.
Bu usulda shudgorlash ikki yarusli PYa-3-35, PD-3-35 PNYa4+1-45, PDO-4-45 rusumli 3—4 korpusli pluglar yordamida
amalga oshiriladi. [11] Ushbu pluglar ishlaganda yuqorigi korpus) yuqori qatlamni kesib, to‘ntarib,
oldinda borayotgan
pastki korpus hosil qilgan egat tubiga tashlaydi. Pastki korpus ham o‘z navbatida tuproqning ostki qatlamini qirqadi,
aylantirib yuqori ko‘taradi va egat tubida yotgan qatlamning ustiga tashlaydi. Natijada tuproq qatlamlarining o‘rni o‘zaro
almashinadi, begona o‘tlar urug‘i va o‘simlik qoldiqlari tuproqqa chuqur ko‘miladi.
Ayniqsa, kuchli sho‘rlangan maydonlar ikki yarusli pluglar bilan haydalganda yer yuzasiga chiqib qolgan sho‘r
qatlam
tuproqning ostki qatlamiga tushganligi uchun bunday maydonlarda sho‘r yuvishdagi suv sarfi 25-30% kamayishi
aniqlangan. Shu bilan birga bu usulda ishlov berilganda begona o‘tlarning yana o‘sib chiqishi 2—2,5 barobar kamayadi,
paxta hosili gektariga 2,5—3,3 sentnerga oshadi.