Parallel diodli chegaraligichlar
Ketma-ket diodli chegaralagichlarning asosiy kamchiliklariga EYUKning ichki qarshiligi kichik bo‘lishi talab etiladi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida parallel diodli chegaralagichlar yaratilgan. Bunday chegaralagichlar EYUK manbayini chiqish qarshiligini juda ham kichik bo‘lishini talab etmaydi.
Ryuk>>Rchik; Ryuk>>R;
Ustki tomonlar chegaralovchi diodli sxema, taxminan nolinchi darajadagi va uni ishlash prinsipini tasvirlovchi ossillogrammalari 8.10-rasmda tasvirlangan.
Avvalgidek shartni Ryuk>>R va Ekir >>Utug inobatga olib sxemani quyidagi tenglamalar sistemasi bilan yozamiz (8.1; 8.2).
; (8.1)
. (8.2)
8.10-rasm. Parallel diodli chegaralagich
(8.1) – tenglama yuklama to‘g‘ri chizig‘i, (8.2) – esa diodni volt-amperli xarakteristikasi. Salti ishlash qisqa–tutashuv tasniflari orqali yuklama to‘g‘ri chizig‘ini chizib ( , ; , ) ossillogrammani tuzamiz . . – darajada ustki darajada chegaralashni hosil qilamiz.
8.11-rasmda nolinchi daraja ostidan chegaralovchi parallel diodli chegaralagich va ossilogrammalari keltirilgan.
8.12 va 8.13-rasmlarga mos ravishda ixtiyoriy darajalarda ustki va ostki tomonlardan chegaralash sxemalari va ossillogrammalari tasvirlangan.
8.11-rasm. Nolinchi darajali ostidan chegaralovchi parallel diodli chegaralagich
8.12-rasm. Ixtiyoriy darajadagi ustki tomondan parallel diodli chegaralash
8.13-rasm. Ixtiyoriy darajadagi ostki tomondan parallel diodli chegaralash
8.14-rasmda ixtiyoriy darajali ikki tomonlama chegaralagichning sxemasi va ossillogrammasi tasvirlangan.
8.14-rasm. Ixtiyoriy darajali ikki tomonlama chegaralagich
Xulosalar:
Parallel diodli chegaralagichlar kirish signali manbayining ichki qarshiligi Rkir ga sezgir emas, lekin ketma-ket diod chegaralagichlaridagi kamchiliklarga – kichik uzatish koeffitsientiga, katta kirish signali (10÷30 Vol’t) ga ega bo‘lishligi va bufer kaskadini yuklama qarshiligi Ryuk bilan moslashtirilishi lozim.
Diodli chegaralagichlarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun tranzistorli kuchaytirgich – chegaralagichlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning kirish signallari nisbatan kichik (100mV atrofida), kirish qarshiligi nisbatan katta va chiqish qarshiligi esa kichik va chiqish signalining ko‘rinishi (formasi ξ–to‘g‘ri burchaklik koeffitsienti) nisbatan Yaxshi.
|