|
Impuls texnologiyasida qisqa muddatli intervalgacha elektr tebranishlari qo'llaniladi
|
bet | 44/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 252,1 Kb. | | #251181 |
Bog'liq Impuls texnologiyasida qisqa muddatli intervalgacha elektr tebra32-Ma’ruza
Hisoblagichlar
Umumiy ma’lumotlar. Axborot so‘zini saqlashni ta’minlovchi va hisoblash mikrooperatsiyasini bajaruvchi ketma ketlik raqamli qurilmaga hisoblagich deyiladi. Hisoblash mikrooperatsiyasida S sonini hisoblagichda +1 ga o‘zgartiriladi.
Hisoblash mikrooperatsiyasi bajarilishida C:=C–1, – esa ayiruvchi deyiladi. Har ikkala mikrooperatsiya bajarilishi mumkin bo‘lsa, hisoblagichni reversiv deb ataladi.
hisoblagichning asosiy parametri Ks hisoblagich moduli, hisoblagich hisoblashi mumkin bo‘lgan maksimal birlik sondir. Hisoblagich n ikkilamchi razryadga ega bo‘lib, 0,1,2,...,2n–1 holatlarida bo‘lishi mumkin. Summalovchi hisoblagichning kirish qismiga 2n birligi kelganida, u 2n – 1 holatidan 0 – holatiga o‘tadi. SHunday qilib, n– razryadli ikkilamchi summalovchi hisoblagich hisoblash moduli Ks=2n bo‘ladi.
Hisoblagichlar, ruxsat etilgan kirish signallari chastotasi bilan ham xarakterlanadi. Hisoblagichlar odatda T-triggerlardan tuziladi. Lekin ularni tuzishda nafaqat hisoblagichli kirishga ega bo‘lgan triggerlar, D-triggerlar, JK-triggerlar ham qo‘llaniladi. Hisoblagichlarni bir necha xususiyatlari bo‘yicha tasniflash (sinflarga bo‘lish) mumkin. hisoblash yo‘nalishiga binoan summalovchi (to‘g‘ri hisobli) va ayiruvchi (teskari hisobli) bo‘ladi. O‘tkazish sxemasi bo‘yicha, hisoblagichlar ketma-ket, parallel va ketma-ket – parallel o‘tkazuvchanlarga bo‘linadi.
Sinxronizatsiyasi mavjudligi bo‘yicha sinxron va asinxron hisoblagichlarga bo‘linadi. Hisoblagichni tabhalab (markirovka) belgilashda IE harflari bilan tasvirlanadi. Konstruktiv jihatidan triggerlar integral sxemalar majmuasi ko‘rinishida, mos ravishda ulangan bo‘lib, yoki ko‘prazryadli hisoblagichli bitta integral sxemadan tashkil topadi.
http://hozir.org
|
| |