III. TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI




Download 224,92 Kb.
bet15/16
Sana11.01.2024
Hajmi224,92 Kb.
#135102
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
individual loyiha ishi
Diplom ilova 1, 2-amaliy, jsSFZJC4LWJnkmedr1Ts7eg6t79Hlmea, Mavzu Notiqlik tarixi. Sharq notiqligi reja, 3-Mustaqil ishi kiber etika kiber huquq, Matematika (7), NANOELEKTRONIKA ASOSLARI, Sifat so\'z turkumini o\'rganish jarayonida o\'quvchilar nutqini o\' (1), Texnologik mashinalar va jixozlarni tamirlash. (3), Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika Farmonov Sh. Q (1), 1-mustaqil ish kiberxavfsizlik, 3-amaliy mashg'ulot MTva A, Kasbiy psixologiya-hozir.org, Abdiraimov Umid 4, application integration
III. TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu sanitariya qoida va me'yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yunaltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarilishi mehnat sharoitini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog'lig'ini saqlab qolishga yordam beradi.
KT si ma'lumotlarni kiritish (to'plash), uni ishlash va natijani (uzatish)ga, TT ma'lumotlarning nusxasini olishga mo'ljallangan.
KT va TTda ishlovchilar aqliy mehnat qiluvchilar toifasiga kiradi. KT da ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik-programmalovchi, boshqaruvchilar, muhandis-elektronchilar, texnik sozlovchilar, rejalashtirish va hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo'lganlar.
2. KT va TT ishlarining tarkibi
2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta'siriga uchrashi mumkin:
— elektromagnit maydoni — EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish);
— elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi;
— havoning ionizatsiyalanishi;
— kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner
bo'yoq moddasining changi;
— meteorologik omil: joy iqlimining o'ziga xosligi, yil fasli, ventilyasiya hamda isitish tizimi va boshqalar;
— mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo'ladigan shovqin;
— elektr tokidan jarohatlanish xavfi;
— ruhiy hissiyotlar zo'riqishining ortib ketishi;
— ko'rish analizatorining zo'riqishi;
— barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur'atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat;
— tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya.
TT lar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo'yoq moddalarining changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi.
2.2. Texnikaning vazifasi va kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo'lishi mumkin (bir yoki ikki smenali va sutka mobaynida). Bir smena davomiyligi 6 soat, 36 soatlik haftalik smena mobaynida ovqatlanish uchun tanaffus 40 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi.
2.3. Mehnat sharoiti va mehnat tartibi, aqliy mehnatning zo'riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TT da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o'zgarishiga, tayanch-harakat apparati va qo'l panjalarining o'ta zo'rqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishini (ish qobiliyatining pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo'lish ko'rish analizatorining zo'riqishiga hamda toliqish va ko'rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiylashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko'z, bel, bo'yin atrofi, qo'l va boshqa a'zolarda og'riqlar paydo bo'lishi mumkin.
2.4. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og'irligi va zo'riqishi bo'yicha asosan 2-darajali zararli va zo'riqish mehnatiga kiradi (Mehnat sharoitlarining ko'rsatkichlari bo'yicha gigiyenik tasnifi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). .
3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo'yiladigan talablar
3.1. KT va TT ni ishlatishga mo'ljallangan korxona va tashkilotlarning ma'muriy va maishiy binolari QM va Q shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.
3.2. KT va TT ishlatiladigan laboratoriyalar, bo'limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog'i lozim. Smenada ishlaydigan ishchilarning ko'pligini hisobga olgan holda xonaning yuzasi bir kishi hisobiga 6,0 m2, hajmi 20,0 m3. dan kam bo'lmasligi kerak.
Yuqorida qayd qilingan xonalarni vertulalarda joylashtirishga yo’l qo'yilmaydi.
3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e'tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomonitorlar o'rnatish lozim. Nusxa ko'chirish qurilmalari va disklar uzoq muddat saqlanadigan xonalar himoyalangan bo'lmog'i kerak.
3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o'tish joylari quyidagi o'lchamlarda bo'lmog'i lozim:
— ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo'lmasligi;
— orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalariga ega bo'lgan KT siga xizmat ko'rsatish oralig'i 0,8 m. dan kam bulmasligi;
— displeylarga ega bo'lgan ishchi o'rinlari orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi;
— KT bir qatorlama joylashtirilganda devor orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi shart.
3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o'rnatilgan bo'limlari, sex, laboratoriyalari, uchastkalari ish boshlashdan oldin maxsus komissiya tomonidan SanQ va M no 0007-94 talablari va amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim.
3.6. Komissiya ob’yektning ishga qabul qilinganligi to'g'risida ishni boshlashga ruxsat beruvchi hujjat dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomaning bir nusxasi SES ga beriladi, ikkinchisi shu ob’yektda qoladi.
3.7. KT va TT lar bilan ish bajariladigan xonalarda qulay ish sharoiti yaratilgan bo'lishi lozim. Zararli va xavfli omillarning maqbul darajasi sanitariya me'yori qoidalari va O'zbekiston Respublikasining gigiyenik normativlariga muvofiq kelishi shart.
3.8. KT va TT larda ish boshlashdan oldin xonalarda mehnat sharoitini tashkil etish va nazorat qilish hamda javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
3.9. KT va TT larda ishlovchilarning mehnat sharoiti bo'yicha zararlanish va xavfliligi darajasini baholash ish joylarini baholanish (attestatsiya) ma'lumotlariga asosan, ya'ni xo'jalik rahbarining buyrug'i asosida tuzilgan komissiya bergan ma'lumotlarga qarab olib boriladi.
3.10. SanQ va M No 0,009-94 ga asosan, nurlangan shaxslarning toifaga kiritilishi, SES bilan kelishilgan holda baholash (attestatsiya) komissiyasi tomonidan ish joyida rentgen nurlanish miqdori, quvvati va himoyalanish darajasini hisobga olingan holda aniqlanadi.
4. Xonalarda ishchi o'rinlarini tashkil etish
4.1. KT va TT ishlari olib boriladigan xonalarda ishchi o'rinlarining tashkil etilishi SanQ va M NeOO 1-94 ga asoslangan holda olib borilishi kerak.
Ishchi mebelining konstruksiyasi ishchining bo'yi va gavdasiga mos bo'lishi lozim. Tez-tez ishlatib turiladigan mehnat predmetlari va boshqarish organlari ishchi uchun qulay bo'lishi kerak.
4.2. Ish stolining balandligi 580—760 mm oralig'ida saqlanishi lozim, agar bunga imkon bo'lmasa, stolning balandligi 720 mm bo'lishi kerak; stol ustining eng qulay ishchi o’lchami 1600x900mm hisoblanadi. Ish stolining tagida balandligi bo'yicha 600 mm, eni bo'yicha 500 mm va chuqurligi bo'yicha 650 mm. dan kam bo'lmagan oyoq harakati uchun erkin bo'shliq bo'lishi kerak. Ish stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo'ljallanmog'i kerak, ko'z bilan uning oralig'i, ko'zdan klaviaturagacha bo'lgan masofadek bo'lishi lozim, bu ko'rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi.
4.3. Ish stuli (kreslo) ko'tariladigan - buriladigan, o'tiriladigan va suyaniladigan qismi balandligi bo'yicha sozlanishi, shuningdek, uning kontruksiyasi suyanchiq burilish burchagining o'zgarishini ta'minlovchi moslama bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Kreslo tirsak qo'ygichga ega bo'lishi, har bir parametrlari yengil sozlanishi va mustaqil bo'lmog'i lozim.
O'tiriladigan qism yuzasining balandligi 400—500 mm oralig'ida saqlanishi, eni 400 mm, chuqurligi 380 mm dan kam bo'lmasligi lozim, uning gorizontal tekislikdagi egilishi 400 mm suyanchiqning qiyalik burchagi o'tiriladigan qism tekisligiga nisbatan 90—110° oralig'ida o'zgarishi darkor.
Ish stulining ustki qismidagi qoplama materiali kirlanishdan oson tozalanishi, yarim yumshoq, sirpanmaydigan, elektrolizatsiyalanmaydigan va qoplamasi havo o'tkazuvchan bo'lishi maqsadga muvofiq.
Ishchi o'rinda oyoq uchun taglik inobatga olinishi lozim. Uning uzunligi 400 mm, eni 350 mm. ni tashkil etishi kerak. Taglikning balandligi 0—150 mm va qiyalik burchagi 0—20° oralig'ida bo'lishi, yuzasi taram-taram qoplamali bo'lishi kerak.
5. Videomonitorga (videoterminalga — VDT) qo'yiladigan talablar.
5.1. Videomonitor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— ekranning nurlanish ravshanligi 100 Kd m2.dan kam bo'lmasligi;
— yoritilayotgan nuqtaning eng kichik o'lchami monoxronli displey uchun 0,4 mm va rangli displey uchun 0,6 mm. dan katta bo'lmasligi;
— belgi tasvirining keskin farq qilishi 0,8 mm. dan kichik bo'lmasligi;
— pozitiv keskin farq qiluvchi ishlarda tasvirlash regeneratsiyasining chastotasi, taktning ishlash tartibi 72 Gs. dan kam bo'lmasligi;
— ekran yuzasi xiralanishdan saqlovchi qoplamaga ega bo'lishi;
— ishlovchi ko'zidan ekrangacha bo'lgan oraliq 80 sm chegarasida bo'lishi;
— tasvirning past chastotasi 0,05—1,0 Gs, titrashi 0,1 mm chegarasida bo'lishi;
— ekran o'lchami diagonali bo'yicha 31 sm. dan, ekrandagi belgining balandligi 38 mm. dan kam bo'lmasligi lozim.
5.2. Klavishlarning diametri 10 —19 mm chegarasida, qarshiligi 0,25 — 1,5 N. Klavish yuzasi botiq, ular oralig'i 3 mm. dan kam bo'lmasligi, klaviatura qiyaligi 10—15° chegarasida bo'lishi lozim.
5.3. Ekranning qiyalik burchagini o'zgartirishga va VDTni gorizontal hamda vertikal tekisliklarda qo'zg'atishga imkon beradigan aylanma tekislik bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
5.4. Matnli ma'lumot bilan ishlaganda (VDTga ma'lumotlami kiritish tartibida, matnni tahrir qilishda va ekrandan o'qishda) qora belgilarning oq fonda bo'lishi fiziologik tomondan qulay hisoblanadi.
6.Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi
6.1. Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy zo'riqish darajasi, organizm har xil tizimi funksional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat’ iy belgilangan ish vaqti va tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi:
— asosiy tanaffus tushlik ovqatlanish vaqti hisoblanadi, KT va TT da ishlovchilar ish faoliyatining alohidaligini inobatga olib, dam olish tartibiga, qo'shimcha ikki — to'rt tartibli mikrotanaffuslar kiritilishi, har birining davomiyligi 10—15 daqiqadan bo'lmog'i kerak. 6 soatli ish kunida ikki tanaffus va 12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus zarur. 6 soatli ish smenasida tushlik oyqatlanish ish vaqtidan 3 soat keyin bo'lganda, qo'shimcha tartibli tanaffuslar ish boshlagandan 1,5-2 soatdan so'ng va tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart. 12 soatli ish kunida tushlik oyqatlanish 5 soat ishlagandan so'ng, birinchi tanaffus ish boshlangandan 2 soat keyin, ikkinchisi 6 soatdan so'ng, uchinchisini 8 soat va to'rtinchisi ish tugashidan 1,5-2 soat oldin berilishi shart;
- KT bilan ishlaganda mehnat va dam olish tartibi, bajarilayotgan ishning uzluksizligi va xususiyatiga bog'liq bo'lishi lozim: ma'lumotlar uzluksiz kiritilganda, dasturni tahrir qilishda, ma'lumotni ekrandan o'qishda, videomonitor bilan ishlash dayomiyligi 4 soatdan oshmasligi kerak. Qolgan vaqtni boshqa ishlarga sarflamoq lozim.
- ishchi harakatlarning bir xillik miqdori, smena davomida 40000 dan oshmasligi kerak.
6.2. KT va KP bilan ishlaganda haddan tashqari zo'riqish va toliqishning oldini olish maqsadida, o'z yaqtida tartibli mikrotanaffuslar va jismoniy mashqlar kompleksini bajarish zarur.
6.3. Asabiy-ruhiy, ko'rish va muskul zo'riqishini kamaytirish, toliqishning oldini olish maqsadida psixofiziologik kuchlanishni kamaytirish va charchoqni yo'qotish seanslarini tanaffus yaqtlarida va ish kunidan keyin o'tkazish maqsadga muyofiq. Bi seanslar maxsus jihozlangan xonalarda olib borilishi lozim, ruhiy charchoqni kamaytirish xonasi ish joyidan 75 t. dan uzoqda bo'lmasligi kerak.
6.4. Ishchilarning zo'riqishini kamaytirish uchun ularning ish bilan yuklanishini bir me'yorda taqsimlash va ish faoliyatining xususiyatiga qarab oqilona naybatlash lozim;
6.5. KT va PK da doimiy ishlashga bajarayotgan ishi bo'yicha malakasi to'g'ri kelgan, mehnat xavfsizligi bo'yicha o'qitilgan, ishni olib borish usullari va mehnat muxofazasi bo'yicha yo’l-yuriqdan o'tgan 18 yoshga to'lgan o'smirlarga ruxsat etiladi;
- vaqtincha ishga jalb qilingan ishchilarga ish boshlashdan oldin, albatta, berilishi lozim.
6.6. Ishga ruxsatnomasi bor shaxslar, doimiy ravishda KT hamda PT da ishlaydiganlar, ishga kirishdan oldin va keyinchalik yilda bir marta O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 27.07.92-yildagi NQ 400 buyrug'iga binoan davriy tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart.
Xulosa.
Industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o`tish. Jamiyatda informatikaning o`rni. Axborot texnologiyalari. Zamonaviy kompyuterlar(tarkibi, imkoniyatlari). Kompyuter tarmoqlari. Internet - xalqaro tarmoq. Multimedia texnologiyasi.
Axborot xavfsizligi asosiy tushunchalari.Matnlarni oddiy shifrlash usullari. Murakkab almashtirish shifrlari. DES algoritmi bilan shifrlash. Shifrlashning blokli kombinaciya usuli. RSA algoritmi bilan shifrlash. Shifrlashning gibrid usuli.
Avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotlar xavfsizligini taminlash. AAQIT da axborot xavfsizligi. Tarmoqlararo himoya ekranlari. Dasturiy muhofaza usullari
Elektron imzo qo`yish texnologiyasi. Ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlash. Elektron kredit kartalari. Smart kartalar. Universal elektron to`lov sistemasi(UEPS)
Internet da elektron savdo va uning xavfsizligi.
Ахbоrоt хаvfsizligini tа’minlаsh muаmmоsi Intеrnеtning ishlаsh shаrоitlаridа muhim ахаmiyat kаsb etаdi. Mutlоq ko’pchilik kоmpаniya vа tаshkilоtlаr bugungi kundа o’zlаrining lоkаl tаrmоqlаrini Intеrnеtgа, uning rеsurslаri vа аfzаlliklаridаn fоydаlаnish uchun ulаmоqdаlаr. Ulаr Intеrnеtni turli mАqsаdlаrdа ishlаtаdilаr, bungа elеktrоn pоchtа bilаn аlmаshinish, qiziqib qоlgаn shахs vа tаshkilоtlаr o’rtаsidа ахbоrоtlаrni оlish vа tаrqаtish vа bоshqаlаr kirаdi. Bоsh tаrmоqqа ulаnish kаttа аfzаllikgа egа, аmmо bundа ulаnаyotgаn lоkаl yoki kоrpоrаtiv tаrmоqdаgi ахbоrоt хаvfsizligini tа’minlаshdа jiddiy muаmmоlаr pаydо bo’lаdi. O’zining idеаlоgiyasidаgi оchiqchilik tufаyli Intеrnеt yomоn niyatli оdаmlаrgа, muхim vа mахfiy ахbоrоtni o’g’irlаsh, хаlаqitlаrgа uchrаtish vа buzish mаqsаdidа kоrхоnа vа tаshkilоtlаrning ichki tаrmоqlаrigа bоstirib kirish uchun ko’p imkоniyat yarаtib bеrаdi. Ахbоrоt judа ахаmiyatli yoki o’tа muхim bo’lgаnligi sаbаbli bundаy ахbоrоtni sаqlаyotgаn, qаytа ishlаyotgаn yoki uzаtаyotgаn kоmpyutеr tizimlаri vа tаrmоqlаrigа nisbаtаn turli хil yomоn niyatli хаrаkаtlаr bo’lishi mumkin. Mаsаlаn, buzuvchi оdаm o’zini tizimning bоshqа fоydаlаnuvchisi qilib ko’rsаtishgа intilishi mumkin, аlоqа kаnаlini bildirmаsdаn eshitishi yoki tаrmоq fоydаlаnuvchilаri аlmаshаyotgаn ахbоrоtni ushlаb оlish vа o’zgаrtirishi mumkin. Tizimning fоydаlаnuvchisi buzg’unchi bo’lishi mumkin, u o’zi хаqiqаtdа hаm uzаtilmаgаn mа’lumоtni ulаr tоmоnidаn оlingаnligini tаsdiqlаshgа intilishi mumkin. U murоjааt qilishi mumkin bo’lmаgаn ахbоrоtgа murоjааt qilishgа ruхsаt оlish uchun o’zining vаkоlаtlаrini kеngаytirishgа intilishi yoki bоshqа fоydаlаnuvchilаrning хuquqlаrini ruхsаt etilmаgаn hоldа o’zgаrtirib tizimni buzishgа intilishi mumkin. Shu munоsаbаt bilаn, zаmоnаviy ахbоrоtlаshgаn jаmiyatdа glоbаl vа bоshqа tаrmоqlаrning ulkаn аfzаlliklаri mаvjudligi bilаn bir qаtоrdа, ulаrdа ахbоrоtni himоya qilish bo’yichа o’zigа хоs muаmmоlаrni hаm еchishgа to’g’ri kеlаdi. Shuning uchun ахbоrоtning mахfiyligi vа butunligini tа’minlаsh bilаn bоg’liq bo’lgаn bаrchа kеrаkli ishlаrni аmаlgа оshirish uchun sаmаrаli vоsitаlаrni yarаtish vа qo’llаsh judа muхimdir.

Download 224,92 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 224,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI

Download 224,92 Kb.