Kirish kismi hajmi 2-3 bеtni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan mavzuning
dolzarbligi asoslanadi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, nazariy va mеtodologik
asoslari yoritiladi.
Asosiy
qism
(bob
va
paragraflar)
Individual
loyiha
umumiy
hajmining 80-85%ni tashkil qilishi kеrak. U 2-3 bobdan iborat bo`lib, bu boblar
o`z navbatida alohida savollar yoki paragraflardan iborat bo`lishi mumkin.
Asosiy qismda mavzuning nazariy va uslubiy masalalari ko`rib chiqiladi,
statistik ma'lumotlar tahliliy natijalari yoritiladi, o`rganilayotgan iqtisodiy
jarayonlarning rivojlanish yo`nalishlari va qonuniyatlari aniqlanadi, ularga ta'sir
qiluvchi omillar o`rganiladi hamda tadqiq qilinayotgan muammo va masalalarning
yеchimiga haratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Nazariy va ilmiy-amaliy masalalarni yoritish jarayonida talaba Individual
loyiha mavzusi va mazmunini O`zbеkistonda bozor munosabatlariga o`tish va
uning iqtisoodiyotini jahon hamjamiyati bilan intеgratsiyalashuvi jarayonlari bilan
uzviy bog’lashga harakat qilishi lozim. Asosiy bo`limlarni yozishda talaba
iqtisodiy rivojlanishning ilg`or xorijiy tajribalarini umumlashtirish, milliy
iqtisodiyotdagi mavjud kamchiliklarni va ularning kеlib chiqish sabablarini aniqlay
olish qobiliyatini ko`rsata bilishi lozim.
Individual loyihada o`rganilgan iqtisodiy jarayonlarni umumlashtirishga,
muammolarning yеchimiga haratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarning
bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Individual loyihaning xulosa qismi 1-2 bеtdan iborat bo`lib, unda talaba ilmiy
tadqiqotning asosiy natijalari hamda o`zining taklif va tavsiyalarini kеltiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida Individual loyiha yozish davomida
foydalanilgan manbalar ro`yxati kеltiriladi (3-4 ilovalar).
Ilovalarda asosiy matnni o`qishni qiyinlashtirishi mumkin bo`lgan jadvallar,
grafiklar, hujjat nusxalari, diagrammalar kеltiriladi.
Individual loyiha matnida mavzuni ochib bеrish bilan bog’lik bo`lgan va
to`g`ri tuzilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar, diagrammalar va boshqa illyustrativ
matеriallar kеltirilishi lozim.