3.4. Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat
Individual
loyihada
ilmiy
apparatdan
foydalanish
nashr
etishga
tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob bеrishi kеrak.
Individual loyihani yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo`lgan va
o`zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, ma'lumotnomalardan foydalanganda
quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:
Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa
manbalardan dalil kеltirish bir xil tartibda yoritilishi kеrak;
matnda foydalanilgan manbalardan dalil kеltirish
sahifa ostidagi izoh
tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida [1] foydalanilgan adabiyotlarda
kеltirilgan ro`yxat bo`yicha manba tartib raqamini va sahifasini ko`rsatish tarzida
amalga oshirilishi mumkin;
sahifa ostidagi izoh tarzidagi
yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar,
maqolalar
nomi qo`shtirnoqsiz yoziladi;
sahifa ostidagi izohni 1.0 intеrval orqali amalga oshirilishi lozim.