• 9.5. Tolali optik aloqa liniyasini ekspluatatsiyaga topshiruv jarayonidagi o‘lchov ishlari
  • Kabellarni binoga kiritish




    Download 1,88 Mb.
    bet25/28
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,88 Mb.
    #125602
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Индивидуал лойиха мен 1 қисм услубий кўрсатма

    9.4. Kabellarni binoga kiritish

    Odatda shahar telefon tarmoqlarida qo‘llanuvchi kabellar ATS binosiga, shaharlararo tarmoqlarda va hududiy tarmoqlarda qo‘llanuvchi kabellar shaharlararo telefon stansiyaga, telegraf stansiyasiga, oxirlash manzilgohlarining telefon stansiyalariga, xizmat talab qilinadigan punktlarga kiritiladigan kabellar va boshqa aloqa korxonalaridan keluvchi kabellar hammasi bino ichiga kiritiladi.


    Aloqa tarmog‘i binosi ichiga kiritilgan kabellar maxsus uskunalar joylashgan xonaga kiritiladi, bu xona shaxta deb ataladi. Odatda shaxta binosining pastki qavatida yoki bino podvoli joylashgan joyida, agar bunday joylar bo‘lmasa, u holda binoning 1–qavatida joylashgan xona polida joylashgan uskunalarga kiritiladi.
    Aloqa korxonalari va aloqa inshoatlarining binosiga kiritiladigan optik–liniya kabellari stansiya kabellari bilan stansiyani bog‘laydigan uskunalarga kiritiladi. Bu uskunalar maxsus BW7R (Germaniya) stoykasiga o‘rnatilgan. Xizmat talab qilmaydigan regeneratsiya punktlariga kiritiladigan liniya optik kabellari ham stoykalarda joylashgan uskunalar yordamida ulanadi.
    Bino ichidagi shaxtadan liniya optik kabellari liniya apparat sexiga (LAS) to‘g‘ri qo‘tariladi. LAS xonasidagi kiritiluvchi uskunalariga optik kabellar kabelrost bo‘ylab o‘tqiziladi.
    Stansiya va liniya kabellarini ulanish uskunasida bir qancha kassetalar joylashgan bo‘lib, ularga payvandlangan tola tugunlari maxkamlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida oson bo‘lish uchun payvandlab ulangan stansiya kabellarining uchi raz’yom (ajratgich) bilan tugallangan.
    Kassetalar joylashgan javonda nur o‘tkazgich ulagichlar joylashgan. Bu ulagichda bir qancha ajratuvchi muftalar joylashgan bo‘lib, unga kiritiladigan tolalar o‘zining tartib raqami bilan belgilangan. Bunday uskunaga 60 ta optik tola kiritish mumkin. Muftaning 2–tomonida esa, egiluvchan stansiya kabeli ikkita raz’yom bilan ulangan.


    9.5. Tolali optik aloqa liniyasini ekspluatatsiyaga topshiruv jarayonidagi o‘lchov ishlari

    Tolali optik aloqa liniya qurilish montaj ishlari tugagandan so‘ng, ekspluatatsiyaga topshiriladigan kabellar qurilish korxonasi ishchilari tomonidan tekshiruv va topshiruv ishlarini bajaradilar. Ekspluatatsiyaga topshiriladigan ishlarni qabul qilishda optik tola kabelli liniyani montaj qilingan to‘liq uchastkasida optik oxirlash raz’yomlari bilan optik tolaning parametrlarini o‘lchash orqali qabul qilinadi. Albatta o‘lchanadigan ish hajmi va normalari buyurtmachi tomonidan ishlab chiqarilgan texnik talablar asosida aniqlanadi va u optik kabelning konstruksiyasi bo‘yicha tashkil qilinadigan aloqa uzatish vositasiga bog‘liq.


    Katta o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan Tolali optik aloqa liniyasida kabeldagi hamma tolalarning so‘nish qiymati va dispersiyasi o‘lchanadi. O‘lchovlar o‘lchanuvchi signallarning ishchi to‘lqin uzunligida va tarqatuvchi manbaning chastota polosasining kengligi sharoiti uchun hamda optik signallarni kiritish/chiqarish usuli bo‘yicha olib boriladi. Optik tolalarning so‘nishi va dispersiya o‘lchovi ikkala uzatish yo‘nalishgi bo‘yicha olib boriladi, chunki shu yo‘l bilan o‘lchanayotgan parametrlarning farqi hisobiga Tolali optik aloqa liniyasining bir jinsliligi bo‘lishi ko‘riladi. Shunday qilib, ekspluatatsiyaga topshirilayotgan Tolali–optik aloqa liniyasini o‘lchovi uchun to‘liq ravishda o‘lchov asboblari bo‘lishi lozim. Ikki yo‘nalishdagi o‘lchov natijalari Tolali–optik aloqa liniyasini pasporti uchun qo‘llanadigan tegishli jadvallarga to‘ldiriladi. Tolali–optik aloqa liniyasini ikkitomonlama o‘lchovi optik reflektometrlar yordamida o‘lchanadi. Shuningdek, Tolali–optik aloqa liniyasining pasportida har bir muftadagi tolalarni ulanish sxemasi va aloqa trassa magistrali o‘tgan liniya xaritada to‘liq ko‘rstilishi kerak.



    Download 1,88 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 1,88 Mb.