• III. Yangi mavzuni organish.
  • Arastu
  • Gotfrid Vilgelm Leybnits
  • Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” , “Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob”
  • Al-Xorazmiy
  • Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr
  • 2. Mexanik mashinalar davri.
  • Elektromexanik mashinalar davri
  • J.Genri
  • Jon Fleming
  • Elektron hisoblash mashinalari davri .
  • Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




    Download 35 Kb.
    bet1/5
    Sana24.03.2017
    Hajmi35 Kb.
    #1208
      1   2   3   4   5

    Informatika-8. 1-dars

    Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi

    Maqsad: O`quvchilarga hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berish

    Darsning borishi

    I. Tashkiliy qism


    1. Sinfni darsga tayyorlash;

    2. Davomatni aniqlash;

    II. Takrorlash.

    1. Pozitsiyali sanoq sistemasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemasi deganda nimani tushunasiz?

    3. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash.

    4. Axborotlarni o`lchashs

    5. Axborotni izatish tezligi

    III. Yangi mavzuni organish.

    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga ega ekanligini ko’rish mumkin. Amaliy asos o’sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo’lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat’iy tartib qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan.

    Eramizdan avval IV asrda yashab o’tgan Arastu (Aristotel) o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan.

    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

    Bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta xissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.

    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

    Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, “Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o’tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi.

    Yevropa Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

    Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo’llaniladi.

    Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

    1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr;

    2. Mexanik mashinalar davri;

    3. Elektromexanik mashinalar davri;

    4. Elektron hisoblash mashinalari davri.

    Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo‘shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buni umuman imkoni yo’q. Hisoblash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun‘iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxat (ya’ni, birka – belgi qo’yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o’xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo’lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – suan-pan, ruslarda – cho’t deb atalgan.

    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617 yil), ingliz matematika o’qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to’g’ri burchakli logarifmik chizg’ich (1632) loyixalari hisoblanadi.



    2. Mexanik mashinalar davri.

    Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.

    Italiya Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) - Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd.

    1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo’shish va ayirish amallarini bajara oladigan “Paskalina” nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642­–1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro etdi. Ularning 1645-yilda yasalgan eng mukammali «arifmetik mashina» yoki «Paskal g‘ildiragi» deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni “eslab” qolardi va 4 arifmetik amalni bajara olardi.

    1673 yilda nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qo’llangan 4 amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro etdi.

    Yuqoridagi barcha mexanik qurilmalar qo’l bilan harakatga keltirilar edi. Ingliz matematigi Charlz Bebbij 1822 yilda bug’da ishlaydigan va hisoblash jadvallarini chop eta oladigan ayirmali mashina ixtiro etdi. U dastur bilan boshqariladigan arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmali hisoblash mashinasi g’oyasi asoschisidir. Ch.Bebbijning bu g’oyasi hozirgi kompyuterlarning tuzilishiga asos bo’lgan. U bilan birga ishlagan ingliz matematigi Ada Avgusta Lavleys (Bayron) Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi va ba’zi tushuncha va atamalarni kiritdi. Lekin, o’sha zamon texnologiyasining chegaralanganligi sababli g’oya hayotga tatbiq etilmay qoldi.

    Yuqoridagi ixtirolar asosida quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

    1. Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

    2. Hisoblash uchun boshlang‘ich qiymarlarni mashinaga qanday usulda kiritish kerak?

    3. Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

    4. Amal bajarish davomida o‘nliklarni qanday qilib o‘tkazish kerak?

    5. Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?

    Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordan trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.

    1930-yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig‘ilgan hisob­lash mashinasini yasadi. 1941 yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig’ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan qo’zg’aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944 yilda Govard Eyken “Mark-1” nomli elektromexanik releli, dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.



    Elektromexanik mashinalar elektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Ingliz olimi Jon Fleming 1904 yilda diodni (grek. di – ikki, hodos – yo’l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907 yilda triod – elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta’sir ko’rsatdi.

    Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko’paytirish va 5000 ta qo’shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan “ENIAC” elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

    IV. Mustahkamlash.

    1. Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?

    2. Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.

    3. Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?

    4. Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?

    5. Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?

    V. Uyga vazifa

    1-mavzu. 1-5-savollar
    Download 35 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

    Download 35 Kb.