• Sichqoncha ning sharchali va optik
  • Trekbol
  • Masqlar
  • Informatika 3 – dars. Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Maqsad: ta’limiy




    Download 50.5 Kb.
    bet4/4
    Sana18.03.2021
    Hajmi50.5 Kb.
    #13272
    1   2   3   4
    egiluvchan magnit disk (EMD)

    optik disklar

    flash-xotira


    Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlarni (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yoshish va undan axborotni o’qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi. Magnit tasmalarga axborot yozish va o’qish qurilmasi strimer deb ataladi.

    Egiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.

    Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.



    Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo’lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o’qiladi. CD (ing. Compact – zich) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) – raqamli universal disk deb o’qiladi.

    Optik disklar spiralsimon bitta yo’lga ega. Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi. Axborotni o’qish jarayonida balandliklar lazer nurini akslantirgani uchun “1”, pastliklar nurni yutgani uchun “0” kabi qabul qilinadi. DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to’lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq. Shu sababli DVD diskka zichroq, ya’ni ko’proq, axborot yoziladi.

    Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli o’lchamda bo’ladi. CD disklar axborot sig’imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig’imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo’ladi. Agar optik disk yorlig’ida “R”, ya’ni Recordable yozuvi bo’lsa – bir marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin, “RW”, ya’ni ReWritable yozuvi bo’lsa – ko’p marta yozish va ko’p marta o’qish mumkin.

    DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo’lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo’lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo’ladi. Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma’lumotlar birinchi qatlamni “ichidan o’tib” o’qiladi.

    Birinchi CD-ROM standarti 1984 yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996 yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o’rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq kompyuterlarning imkoniyati haqida aytmay iloji yo’q.

    Multimedia – matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD–ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

    Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB-yig’uvchilar bo’lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig’uvchilar – ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo’lib, mexanik harakatla­nuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig’imi 16 Mbaytdan bir necha o’n Gbaytgacha bo’lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig’imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.



    Printer – ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.

    Purkovchi printer qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan hosil qiladi.

    Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‘lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‘lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.

    Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300300 sm o‘lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.

    Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiri­tish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.

    Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo’lib, “ko’zchasi” qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o’tkazish mumkin.

    Yurgichni boshqarish va qo‘shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: sichqoncha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda sichqoncha ko’rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi. Sichqonchada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‘natish mumkin. Trekbol – “sichqoncha”ning to‘nkarib qo‘yilgan holatiga o‘xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‘chma kompyuterlarda foydalaniladi. Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo‘llanadi.


    IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar


    1. Qattiq disklar haqida ma’lumot bering.

    2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning qanday qurilmalarini bilasiz?

    3. Тashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz?

    4. Egiluvchan magnit disklar haqida ma’lumot bering.

    5. Optik disklarning turi va sig’imi haqida so‘zlab bering.

    6. USB-yig’uvchilar haqida so’zlab bering.

    7. Multimedia texnologiyasini qo’llash uchun qanday vositalar kerak?

    Masqlar

    1. Agar CD-diskning sig’imi 680 Mb bo’lsa, u holda unga Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch iborasidan nechta yozish mumkinligini aniqlang (yo’llanma: 1 ta belgi 1 bayt).



    2. Agar kompyuter 4 Gb sig’imli flash-xotiraga 480 Mb/s tezlikda yozsa, uni to’ldirish uchun qancha vaqt zarurligi hisoblang (yo’llanma: sig’im=tezlik · vaqt).

    V. Uyga vazifa.

    Mavzuni o`rganish(16-21-bet). 1-7-savollar

    Download 50.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 50.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika 3 – dars. Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Maqsad: ta’limiy

    Download 50.5 Kb.