|
Informatika fanidan kecha senariysi
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 29 Kb. | | #240194 |
Bog'liq Informatika fanidan tadbir senariysi.
Informatika fanidan kecha senariysi
Bu kechda 2 ta sinf o’quvchilari qatnashadilar.Bunda
1-guruh Internet guruhi
2-guruh Kompyuter guruhi .
1-Shart Tabrik va tanishtiruv qismi
2-Shart Savol – javob .
3-Shart Atamalar bahsi.
4-Shart Sardorlar bahsi.
1-Shartda har bir guruh tabrik va tanishtirish orqali guruhlarini tanishtiradilar.
Bunda 2ta guruhga 5 balldan beriladi.
2-Shartda informatika fanidan har bir guruhga 4tadan savol beriladi.
1)Kompyuter tarmoqlari necha guruhga bo’linadi.
2)1-avlod EHM larining asosiy elementiga nima kiradi.?
3)Internet yaratilshiga asos solgan tarmoq nima?
4)Web brauzer so’zining ma’nosi nima ?
5)EHM larning 2-avlodi nechanchi yillar yaratildi?
6)O’nlik sanoq sistamasini kim yaratgan?
7)Fayl nima ?
8)SD Rom nima?
Savol — javob bo`yicha guruhlar baholanadi.
3-Shart Atamalar bahsida har ikkala guruhdan 1tadan o’quvchi chiqib M va P harfiga Informatikaga doir atamalardan aytadi.
1-Guruh .Shart bo’yicha yozishlari mumkin: M ga
Monitor,Modem, Multimedia, Mantiqiy, Mulohaza, Modulyator, Misrosoft, Matn
2-Guruh Shart bo’yicha yozishlari mumkin: P ga
Printer, Plotter, Pochta, Pravka, Pusk, Pechat, Provodnik, Papka, Paint
4-Shart Sardorlar bahsida har bir guruh sardori M, A, I harflarga 3tadab so’z yo’zib ularni vazifalarini og’zaki izohlab beradilar.
1-guruh sardori yozishi mumkin.M ga Monitor, mulohaza, Modem.
A ga yozishi mumkin. Arpanet, Axborot, Algoritm
I ga Internet, Informatsiya, Intelekt
2-guruh sardori yozishi mumkin.M ga Mbayt , Mintaqaviy, Modem ,
A ga Axborot, Avlod, Abak I ga Interfeys, , Ikkilik,internet,informatsiya,
2 la guruh sardorlari har bir harfga 3 tadan so’z yozishadi va izohlab berishadi.
Kecha so`nggida jami ballar hisoblanib, g`olib guruh o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Kecha orqali o’quvchilar informatika fanini yana ham yaxshiroq o’rganib olishadilar.
Tabrik qismi bo’yicha 1-guruh Tabrik she’rlari
Dunyo bo’ylab internet
Yagona tarmoq ichra
Barchani birlashtirar
Yo’qoladi chegara
O’zbekona tarbiya
Hammani hayron etar
Assalom so’zi esa
Ko’ngillarni shod etar
Biz internet guruhi
Tilaymiz sizga omad
Bellashuvga xush kelibsiz
Bo’lingiz sog`-salomat
Assalomdan boshlaganlar
So’zni bobokalonlar
Internet guruhidan
Kompyuterga assalom
Ariq bo’yida rayhon
Rayhon gulidan salom
Bilimimiz sinovchi
Ha`kamlarga assalom
Tabrik qismi bo’yicha 2-guruh Tabrik qismi
Ruxsat bering boshlamoqqa
Informatika kechani
Turli tuman savol bilan
O’ylataylik barchani
Informatika fani
Yuksakmoqda kun sayin
Bo’limlari xilma-xil
Qay birini aytayin
Qancha qancha muammo
Hal etilar ushbu on
Kompyutering yoningda
Bo`lganida har qachon
Kompyuter sirlarini
O`rganamiz kun sayin
Hisob-kitob ishlarisiz
Also yashab bo`lmaydi.
Aytgin-aytgin internet
Manzilingni menga ayt
Seni to`g`ri tushunay
Maqsadingga tezroq elt.
|
| |