“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 1
~ 150 ~
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI
DARSLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI
Axmedova Kamola Muxammadjonovna
Andijon shahar 48-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish
savodxonligi fanlarini tashkil etishning samarali jihatlari haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
ona tili va o’qish savodxonligi, texnologiya, grammatik,
kommunikativ, metodik, milliy dastur.
Аннотация:
В данной статье реч пойдет об эффективных аспектах
организации предметов родного языка и грамотности чтения в начальных
классах.
Ключевые слова:
родной язык и грамотность чтения, технология,
грамматика, коммуникативная, методическая, национальная программа.
Abstract:
native language and study in elementary grades in this article about the
effective aspects of the organization of literacy disciplines are mentioned.
Key words:
native language and reading literacy, technology, grammar,
communicative, methodical, national program.
Hozirda rivojlanib borayotgan mamalakatimizda ta’lim sohasiga katta e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinflarda yangi
darsliklar va yangi metodik qo’llanmalardan foydalanish ustuvorlik kasb etmoqda.
Yaqin vaqtlarga qadar o’qish va ona tili fanlari alohida tashkil etilar edi. Bugungi
kunga kelib, boshlang’ich sinflarda ikkala fanlar umumiylashtirilib ona tili va o’qish
savodxonligi fani sifatida tashkil etildi.
“Ona tili va o’qish savodxonligi’ darsligida til o’qitishning o’rganuvchiga
asoslangan yondashuvlar turkumidan foydalaniladi. Bu yondashuv tilning real hayotiy
vaziyatlatda qo’llanishi va ana shu vaziyatlarda qo’llanishi va ana shu vaziyatlarda
o’rganuvchi sezadigan ehtiyojlarni qondirishga asoslanadi. Bunda ildindan tanlab
olingan bo’lishsizlikni ifodalash, bo’glovchilarni qo’llash kabi grammatik qurilmalar
va kechirim so’rash, manzilni tushuntirish, rozilik yoki norozilikni ifodalash kabi
muloqot birliklarini mazmunga asoslangan topshiriqlar orqali o’rgatishga harakat
qilinadi.
Ushbu darslik o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlarda grammatik jihatdan to’g’ri
va kommunikativ jihatdan erkin so’zlay oladigan darajaga olib chiqishni maqsad qilib
qo’ygan. O’quvchining tilni qo’llashdagi real ehtiyoji (ijtimoiy muloqot, akademik
ta’lim) hisobga olingan va zaruriy lingvistik qurilmalar turli nutqiy vaziyatlarda
berilgan.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 1
~ 151 ~
Ona tili-nutq, o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar o’quvchilar
o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish ko’nikmalarini
egallash bilan birinchi navbatda, o’z ona tilini o’rganishi zarur. Chunki ona tili
bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi
hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak,
bundan ko’rinib turibdiki ona tili va o’qish savodxonligi bolaning umumiy kamol
topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida ro’l o’ynaydi.
Badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni
tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili va o’qish savodxonligi
boshlang’ich sinflarada asosiy o’rinlarni egallar ekan, har bir o’quvchida ushbu fanga
qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.
Umumiy o’rta ta’limning bir bosqichi bo’lgan boshlang’ich ta’lim 1-4-sinflarni
o’z ichiga oladi. Milliy dasturimizda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning
yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
•
O’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga
tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
•
Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv uslubiy
majmualarini yaratish va o’quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va
hokazo.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanini o’qitishda asosiy e’tibor o’quvchida tilga
doir quyidagi 4 ko’nikmaga qaratiladi:
➢
O’qib tushuntirish
➢
Tinglab tushuntirish
➢
Nutq so’zlash
➢
Yozish, grammatik savodxonlikni shakllantirish
Mashhur rus olimi K.D.Ushinskiy bosh maktab o’quv predmetlari tizimida ona
tiliga kata ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblangan “Ajoyib
o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi. Bola ikki-uch yil ichida
shunchalik ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik
jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilining
ulug’ pedagogligi ham anashundadir”,-deydi u.
Boshlang’ich ta’limning 1-sinflarida bolalarga savod o’rgatish jarayoni 4 oy
davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi:
1.
Alifbogacha tayyorgarlik davri. (bu davr ikki haftani qamrab oladi).
2.
Alifbo davri (o’quv yilining 31-dekabrigacha ya’ni II chorak ohirigacha
davom etadi.
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab,
sinf, tartib-intizom qoidalari va o'quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o'stirishga oid
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 1
~ 152 ~
mashqlar o'tkazib, fonematik eshitishni oshirishdan iboratdir. Mazkur davrning o'zi
ham quyidagi 2 bosqichga bo'linadi:
a) harf o'rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
b) unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (1 hafta)
Birinchi bosqichda o'`quvchilarga og'zaki va yozma nutq, gap, so'z, bo'g'in va
tovushlar, nutqning gaplardan, gaplaring so' zlardan tuzilishi, so`zlarning bo`g'inlarga
bo'linishi, bo'g'inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma`lumot beriladi.
Tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o'rgatiladi, ulardan amaliy
foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida
o'quvchilarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga "Alifbe"'da berilgan rasmlar
asosida hikoyalar tuzdiriladi. Maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalanib o'zlari
bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla,
qo'shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Bundan tashqari ta'lim jarayonida yaxshi samara
berishi mumkin bo'lgan metodlardan yana biri tayanch so'zlar asosida gap tuzdirishdir.
"Alifbe" kitobi sahifalaridagi so'zlarning talaffuzi, ularning o'qilishi va ma'nolari ustida
ishlash kabi mashg'ulotlar uyushtiriladi. Bu tarzdagi ishlarning har bir darsda
mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib borilishi dars samaradorligini
oshiradi. Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari
bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o'rgatiladi, ularda namunaga qarab
grafik xatolarini aniqlash, o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish,
chamalab yozish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa unli tovush va
harflar o'rgatiladi. Bunda quyidagi uch xususiyatni o'quvchilar tomonidan amaliy
ravishda puxtavegallashlariga erishish lozim:
1. talaffuzda (og'izda) to'siqqa uchramaslik;
2. cho'zib aytilishini nazorat qilish;
3. faqat ovozdan tashkil topishi
Shuningdek, bu bosqichda o'quychilarni tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish
ko'zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma'lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni
ifodalovchi harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o'ziga xos
xususiyatlar, ya'ni, tovushlarni talaffiuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz,
ko'ramiz va o'qiymiz. Bu tushunchalar bolalarga ulaming o'zlashtirishlarini hisobga
olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Alifbo davri. 3 1-dekabrgacha davom etib, unda o'quvchilar alifbodagi barcha unli
va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyil
asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar n, m, l kabilar, keyin esa sirg'aluvchi va
boshqa undoshlar, ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari (ng, sh, ch), tovushb
bildirmaydigan tutug belgisi () bilan tanishtiriladi. O'quvchilaming tovush va harfini
yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 1
~ 153 ~
bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf
munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo'g'in tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush,
tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi
shakllantiriladi, ikki harfli ochiq (na, ni, nu kabi), ikki harfli yopiq (in, ol kabi), uch
harfli yopiq bo'g'inlarni (mon, lim) o'gishga o'rgatiladi. Alifbo davrini o'rganiladigan
tovush-harfning va o'quv materialining murakkablik darajasiga ko'ra 3 bosqichga
ajratish mumkin:
1. unli tovush-harflar, ovozdor, sirg aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bilan
tuzilishidagi so'zlar o'rganiladigan bosqich.
2. artikulatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, kabi undoshlar va yo'lbbars, do'st, rasm kabi
tuzilishdagi so'zlar o'rganiladigan bosqich.
3. o'rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, ikki tovushni
ifodalaydigan j, tutuq belgisi (') va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak,
shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich. Fonetik ishlar sohasida
jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so'z ma'nosini farqlashdagi
holatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi. Masalan, (ziyrak-siyrak, dil-til kabi).
Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlarning masalan, tong, rang, keng, lab-tish
undoshi v, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi j (go'ja) va jarangli sirg'aluvchi j
(jurnal) kabilarni o'rganishda tovush artikulatsiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. Asosiy
davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so'zlar masalan, ko'rib-
ko'rip, qaytdik-qaytik, aytib-aytip, ketayotib-ketayotip, tortib-tortip, terib-terip, olib-
olip, obod-obot, borishdi-borishti, jumladan, qisqa talaffuz qilinadigan i unlisi bor
so`zlar masalan, bilan-blan, sira-sra, talaffuzda tushib qoladigan undoshli so'zlar:
baland-balan, do'st-do's), Toshkent-Toshken, farzand-farzan, daraxt-darax kabilami
yozilgandek o'qish imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so'ng
orfoepik o'qitiladi. Yuqoridagi kabi so`zlarni o'qish bilan bo'g'inlab o'qish malakasi
takomillashadi. O'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarni ham to'g'ri
o'qishga o'rganadilar.
Boshlang’ich ta’limning savod o’rgatish bosqichi yakunlangach, ona tili va o’qish
savodxonligi darslari tashkil etiladi va 4-sinf yakuniga qadar izchil davom ettiriladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, boshlang’ich ta’limning 1-4-sinflari bola
hayotida muhim davrni tashkil qilib, o’quvchining keying davrda o’qish jarayoniga
bo’lgan tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars mashg’ulotlari davrida har bir
o’qituvchi o’z o’quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, ona tili va o’qish
savodxonligi fanidan o’tilayotgan mavzular doirasidagi malaka talablari, mashq va
topshiriqlarni bajarishdagi metodik yo’l-yo’riqlar, darslarni tashkil etishdagi
texnologiya va amaliy tavsiyalarni to’g’ri qo’llay olsa bolaning o’qish, o’zlashtirish,
bilim, ko’nikma, malakalarni egallash darajasi yuqori ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 1
~ 154 ~
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qosimova K., Matchonov S. “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent
2009-yil
2.
Azimova I., Mavlonova K. “Ona tili va o’qish savodxonligi” metodik
qo’llanma 2021-yil
3.
Usmonov N. “Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini milliy g’oya
targ’ibotiga tayyorlashning pedagogik va texnologik asoslari” Toshkent 2012-yil
|