“
Involta” Innovation Scientific Journal
Vol. 2 No.8 November (2023)
63
ISSN 2181
-
2632
www.involta.uz
GLOBALLASHUV DAVRIDA O„ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA
O„TISH MUSHTARAKLIGI
Xodjamov Asliddin O‟ktam o‟g‟li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 2- kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O‟zbekistondagi ekologik muammolar,
havoning ifloslanishi, oziq
ovqat xavfsizligi ta‟minlash va iqtisodiyotni yashil iqtisodiyot tamoyillari orqali rivojlantirish,
dunyo mamlakatlari globallashuvi davrida iqtisodiyotimizni jahon
tajribasiga tayangan holda
yuksaltirish yoritib berilgan. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish kerakligi mamlakatimizda qanday
yuqori darajada ekanligi va uni amalga oshirish usullari, tamoyillari bayon etilgan.
Kalit so‟zlar:
Ekologiya, innovatsiya,
xavf-xatar, tamoyillar,
oziq-ovqat xavfsizligi,
moliyaviy resurslar, energetika.
XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri, albatta, ekologiya hisoblanadi.
Har bir
mamlakat rivojlanar ekan, iqtisodiyotini yuksaltirar ekan ekologik
muammolarga dush kelishi
mumkin. Barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda atrof -muhitga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo'lish shart. Dunyo bo'ylab ekologik xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.
Buning
oldini olish uchun har bir mamlakat ekologik islohotlar bilan bir qatorda iqtisodiyotini ekologik
toza iqtisodiyotga o‟tkazishga urinmoqda. Zamonaviy tilda bu “Yashil iqtisodiyot” deb
nomlanadi. Yashil iqtisodiyot tushunchasi kengroq tushuncha hisoblanadi. U ko‟pincha ekologik
iqtisodiyot bilan birga qo‟llaniladi va unga juda yaqin hisoblanadi. So‟nggi yillarda Yer sharida
iqlim o‟zgarishlari juda tez kechmoqda, bu esa flora va fauna olamiga juda katta zarar bilan birga
insoniyat uchun katta xavf tug‟dirmoqda. Afsuski, Markaziy Osiyoni ham bu chetlab o‟tmadi.
Ayniqsa Orol dengizining qurishi natijasida havoga katta miqdorda tuz tarqalmoqda, bu esa aholi
va atrof-muhitga ayniqsa, inson salomatli uchun o‟ta zararli hisoblanadi.
Bundan tashqari
mintaqada suv tanqisligi va cho‟llanish darajasi yuqori bo‟lib bormoqda. Mamlakatimizda bu
muammolarni bartaraf etish uchun ko‟plab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Havoning
ifloslanishi, chang to‟zonlarning ko‟tarilishi, havoga ko‟p miqdorda uglevodorodlarning chiqishi
oqibatida respublikamizning ayrim hududlari havo ifloslanish darajasi dunyo bo‟yicha eng
yomon hududlar ro‟yxatiga kiritilmoqda. Bu esa bizga zudlik bilan bu sohadagi islohotlarni
jadallashtirishimizni taqozo etadi.