|
“
Involta” Innovation Scientific JournalBog'liq involta“
Involta” Innovation Scientific Journal
Vol. 2 No.8 November (2023)
64
ISSN 2181
-
2632
www.involta.uz
O‟zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‟tish quyidagi narsalar orqali amalga oshirilishi
belgilab
o‟tilgan.
Prezidentning
02.12.2022 yildagi
“2030
yilgacha
Oʻzbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish
boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-436
-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2030
yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni
ta‟minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagi strategik maqsadlarga erishishga moʻljallangan:
-
issiqхona gazlarining ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga qisqartirish;
-
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt ga oshirish
va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30%idan koʻprogʻiga
yetkazish;
-
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish;
-
yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30%ga
kamaytirish;
-
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli
darajada oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish teхnologiyasini joriy
etish;
-
yiliga 200 mln koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish
orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish;
-
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va boshqalar.
Energetika vazirligi – «yashil» energetikani rivojlantirish, хususan, qayta tiklanuvchi
energiya manbalari va vodorod energetikasini keng joriy qilish, shuningdek, energiya
samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning energiya sigʻimini kamaytirish
boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.
2023 - yil 1- iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-
muhitga ta‟sirni cheklash boʻyicha qoʻyilayotgan talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi
joriy etiladi. 2024 - yil 1- yanvardan boshlab barcha issiqхona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim
oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yoʻlga
qoʻyiladi. Iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini rejalashtirish va
amalga oshirishdan oldingi bosqichlarda ularning issiqхona gazi hajmini qisqartirish imkoniyati
baholanadi.
2024 - yil 1 - yanvardan boshlab yangi quriladigan, quvvati 1 MVt dan yuqori boʻlgan
quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu
stansiyalarning oʻrnatilgan quvvatiga nisbatan 25%dan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr
|
| |