|
“
Involta” Innovation Scientific JournalBog'liq involta“
Involta” Innovation Scientific Journal
Vol. 2 No.8 November (2023)
65
ISSN 2181
-
2632
www.involta.uz
energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq,
Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash meхanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ ham hisoblanadi.
Hozirda yer sharida tabiiy resurslar soni kamayib bormoqda, ehtiyojlar esa aksincha ortib
bormoqda. Iqtisodiyotning tub mohiyati ham shundan iborat. Buning uchun qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalangan holda ekologiyaga zarar yetkazmasdan, ko‟proq ekologik
toza oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish va shu orqali yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga
erishiladi.
O‟zbekiston sharoitida aholi soni kundan kunga ortib bormoqda va tabiiyki, ularning
daromadlari ham shunga yarasha ortadi, bu esa ularning energiya resurslaridan va yoqilg‟i
sarfidan foydalanishini oshiradi. Yashil iqtisodiyot faqat energetika sohasini isloh qilishdan
iborat emas. Uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq
xo„jaligidagi innovatsiyalar, barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o„rmon
hududlarini kengaytirish, cho„llanishni qisqartirish kabi ko„p qirrali va keng tarmoqli chora-
tadbirlar kirib ketadi. O„zbekiston BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda Iqlim
bo„yicha Parij bitimiga ham qo„shilgan. Har ikkala hujjat milliy hukumatlar zimmasiga “yashil
taraqqiyot” talablarini bajarish majburiyatini yuklaydi. Demak, ertami kechmi “yashil
iqtisodiyot”ga baribir o„tishimiz kerak. Boshqa choramiz ham yo„q.
Avvalo yashil iqtisodiyotga o‟tishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanishimz
darkor. Yashil iqtisodiyotga o‟tishda birinchi uning huquqiy asosini tartibga solishimiz va
muvofiqlashtirishimiz kerak. Bunda bizning qonunchilik hujjatlarimizda yetishmovchiliklar va
kamchiliklar yetarli darajada. Elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berish, narx-navoni
belgilash va to„lovni amalga oshirish mexanizmlari amaldagi anʼanaviy tizimga moslab
yaratilgan. Muqobil energiya manbalari bilan ishlash imkonini beradigan huquqiy normalar esa
mavjud emas. Masalan, quyosh yoki boshqa turdagi qayta tiklanadigan energiyani kim va qancha
miqdorda ishlab chiqaradi, u aholiga qay tartibda, qanday tarif bo„yicha yetkazib beriladi degan
savollarga javob topishimiz kerak bo‟ladi. Keyingi masala Yashil iqtisodiyotga o‟tishda
qo‟llaniladigan innovatsion texnologiyalarni moliyalashtirish masalasidir. Yashil iqtisodiyotga
o„tish juda katta moliyaviy hamda inson resurslarini talab qiluvchi uzoq muddatli jarayon
hisoblanadi. Hozirda O„zbekiston Respublikasida yirik soliq to„lovchi sanoat sektori o„z
aktivlarini modernizatsiya qilishga ehtiyoj sezmoqda, biroq bu juda katta kapitalni jalb qilish
evaziga amalga oshadigan jarayondir. O„zbekistondagi bank sektori sanoat sektoridagi keng
ko„lamli investitsion dasturlariga bo„lgan talabni o‟z resurslari evaziga amalga oshirishni qondira
|
| |