Umumfoydalanuvda boʼlgan avtomobil yoʼllar tarmogʼi 42869 km




Download 1.17 Mb.
bet1/37
Sana14.03.2024
Hajmi1.17 Mb.
#171981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
BMI CHORIYEV A.
O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, ma\'ruza 15, 18-mavzu, MAVZU AMIRIDDIN


KIRISH
Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishi va taraqqiy etishi avvalo, avtomobilь yoʼl tarmogʼining holatiga bogʼliqdir. Respublika boʼyicha transportda tashilayotgan xalq xoʼjaligi yuklarining 83 % dan koʼprogʼini АY orqali amalga oshirilishi, iqtisodiyotning rivojlanishidagi avtomobilь yoʼllarining ahamiyatini belgilab beradi.
Bugungi kunda Prezidentning tashabbusi bilan “Buyuk Ipak yoʼli”ni tiklash, “Evropa-Kavkaz-Osiyo” transport yoʼlagi (TRАSEKА)ni rivojlantirish boʼyicha olib borayotgan ishlari, avtomobilь yoʼllarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish boʼyicha chiqargan qator qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va buyruqlari avtomobilь yoʼllarini yanada yaxshilash boʼyicha olib borayotgan ishlar sirasiga kiradi. Prezident tomonidan chiqarilgan 2009-2014 yillarda Oʼzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisidagi PQ-1103-sonli qaroriga asosan quriladigan koʼpriklar, yoʼl oʼtkazgichlar va yoʼlni texnik parametrlarini oshirilishi hamda 4 polosali sementobeton qoplamali yoʼlni uzunligi 400 km, 4 polosali asfalьtbeton qoplamali yoʼlni uzunligi 813 km, 2 polosali asfalьtbeton yoʼli 288 km ga va boshqa bir qator ishlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi avtomobilь yoʼllari tarmogʼining umumiy uzunligi 209 501 km dan koʼproqni tashkil etib. Jumladan:
-Umumfoydalanuvda boʼlgan avtomobil yoʼllar tarmogʼi – 42869 km;
-mintaqaviy avtomobil yoʼllari (ichki xoʼjalik avtomobil yoʼllari, shahar, shahar tipidagi posyolkalar, qishloq va tuman markazlari koʼchalari)-141882 km;
-Idoraviy inspektorlik yoʼllari tarmogʼi – 24750km ni tashkil etadi.
Respublika mustaqilligidan keyingi yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobilь yoʼllari tarmogʼida sezilarli oʼzgarishlar yuz berdi. Yoʼl tarmogʼining umumiy uzunligi 2702 km ga oʼsdi, yoʼllarning qoplamalari takomillashtirildi, yoʼllarni ahamiyati boʼyicha ham oʼzgarishlar yuzaga keldi. Oʼzbekistondagi togʼli yerlardan oʼtadigan umumfoydalanuvdagi yoʼllarning 3 foizni tashkil etadi. Togʼli yoʼllarda dovonli qismlari boʼlgan avtomobil yoʼli А-373 “Toshkent-Oʼsh” 116-214 km boʼlaklari, “Qamchiq” dovon avtomobil yoʼli, M-39 “Olmaota-Beshkek-Toshkent-Termiz” 1120-1145 km boʼlagi, “Taxtakaracha” dovoni 1302-1320 km boʼlagi, “Oqrabot” dovon yoʼllari davlatimizning asosiy iqtisodiy arteriyasidir.
Ushbu kurs loyihasida Toshkent viloyatidagi uzunligi 3.8 km boʻlgan III toifali avtomobil yo‘lini qurish texnologiyasi va uni tashkil eti sh ishlari amalga oshirilgan.

Download 1.17 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 1.17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumfoydalanuvda boʼlgan avtomobil yoʼllar tarmogʼi 42869 km

Download 1.17 Mb.