Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari




Download 49,05 Kb.
bet3/4
Sana06.02.2024
Hajmi49,05 Kb.
#151926
1   2   3   4
Bog'liq
Informatika fanidan taqvim reja

8

Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari

6





8.1

Kompyuter tarmoqlari va tarmoq topologiyalari 


2




8.2

Lokal kompyuter tarmoqlarini sozlash




2

Pentium IV kompyuteri

8.3

Internet global tarmog’ida ma’lumotlarni izlash




2

Pentium IV kompyuteri


Jami

32

16

8

8

8

07-1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15 guruhlar uchun ishchi o’quv dastur Kelishildi O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A Beknazarov
Informatika fanidan uzviylashgan o’quv dasturi


Ushbu o’quy dastur Oliy va o’rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2003 yil 16 oktyabrdagi 256/151-sonli qo’shma buyrug’i bilan tasdiqlangan va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun informatika fanidan uzviylashgan o’quv dasturi sifatida uzluksiz ta'lim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan.
TUSHUNTIRISH XATI

Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lish uchun avvalo kompyuter savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq’I lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da "Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi" deb belgilab qo’yilgan.


Ta'lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta'lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qiiish va hayot bilan bog’lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta'lim predmeti sifatida kiritilgan "Inforiratika" predmeti ham bundan mustasno emas.
"Informatika" fanining asosiy maqsadi o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilarga informatikaning amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma'lumot berishdan iborat.
Mazkur fanning vazifasi amaliy informatikani foydalanuvchi darajasida o’rgatishdan iborat bo’lib, unda dastur o’rta umumta’lim maktablaridagi "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" va oliy ta'limdagi "Informatika, axborot texnologiyalari" fanlari bilan uzviy bog’liq ravishda tuzib chiqilganligi bilan bir qatorda, o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga shu sohada mukammal to’liq bilim berilishini ta’minlaydi.
Dasturni tuzishda mavzularning uzviy ketma-ketligi va ta’limning ushbu bosqichida "Axborot texnologiyalari" kursining o’qitilishi ham e'tiborga olingan. Shuning uchun dasturda axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina berilib, uning texnik vositalari bilan to’liq tanishtirish va ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish ko’zda tutilmagan.
Dasturning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’quvchilarning yosh va fiziologik-ruhiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda informatika fanining asoslarini amaliyotga tadbiq etish nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi. Undagi ayrim mavzular umumiy o’rta ta'limdagi "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fanidagi mavzularning takrorlanishi bo’lsada, bu yerda ular chuqurroq va amaliy faoliyatda foydalanishga yo’nalirilgan holda o’rganiladi.
Dasturga muvofiq o’quv jarayonini tashkil etishda,. mashg’ulotlar "oddiydan murakkabga, nazariy bilimlardan amaliy foydalanishga" tamoyillariga amal qilinadi. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda yo’nalish va kasbning xususiyatlaridan kelib chiqib vazifalar bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa ishchi o’quv rejalarida o’z aksini topishi lozim. Shuning uchun dasturni bajarishda asosiy e'tibor amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilishi lozim.
Hozirgi davrda deyarli barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganligini hisobga olib, dasturning bajarilishini ta’minlaydigan texnik ta’minotni yetarli darajada deb hisoblash mumkin. Shulafni hisobga olgan holda ta’lim muassasalarini texnik va dasturiy ta'ininlanganligi darajalariga muvofiq ravishda dasturdagi mavzularni o’tish ketma-ketligini o’zgartirish, ko’rsatilgan amaliy dasturlarni mavjud kompyuterlarni imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli turdosh dasturlar bilan almashtirish imkoniyati ko’zda tutiladi. Darslarni tashkil qilish jarayonida pedagogik talablar me'yorlariga amal qilish, amaliyotda shakllangan uslublardan foydalanish bilan bir qatorda noan'anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish lozim. Shuningdek, mavzularni Respublikamiz davlat tili talablariga rioya etgan holda bayon qilishga atamalarning bir xilligiga, ko’p ma'noli so’zlardan, g’aliz jumlalardan foydalanmaslikka intilish lozim.
O’quvchilarining bilim va ko’nikmalariga talablar:
o’quvchilar:
- Axborot, uning o’lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti haqida ma'lumotlarga ega bo’lishi;
- Axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, uning xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo’lishi;
- Axborot tizimlari va ularning iurlari, axborot tizimlari ta'minoti, axborot texnologiyalarmi qo’llash sohalarini tasavvur qilishi;
- ShEHM umumiy tuzilishi, ShEHM tasnifi, kompyuter arxitekturasi, uning dasturiy ta'minoti, asosiy va atrof qurilmalari, kompyuterlar ma'lumotlarda tashkil etish va saqlay olishi;
- MS DOS operatsion tizimi, fayl tushunchasi, fayllarining turlari va nomlanishi, kataloglar, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlari, dasturlash texnologiyasini uskunaviy vositalarini bilishi;
- Windows operatsion tizimi, uning afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini bilishi;
- Kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlarining matn muharrirlaridan farqi va o’xshashliklarini bilishi, grafik muharrirlarida ishlay olishi;
- Matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o’qish, ularni tahrir qilish usullari, bosmaga chiqarish usullarini bilishi va matn muharririda ishlay olishi;
- Elektron jadval, ularning turlari. Elektron jadval tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish. Yacheykalar ustida amallar bajarish, formulalar, funksiya va diagrammalar bilan ishlashni bilishi;
- Power Point dasturi bilan ishlay olishi zarur.
1. Dasturning asosiy bo’limlari quyidagilardan iborat:
1-bob. Axborot va jamiyat.
2-bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari.
3-bob. Shaxsiy kompyuterlar.
4-bob. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti.
5-bob. WINDOWS operatsion tizimi.
6-bob. Kompyuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash asoslari.
7-bob. Matn muharrirlari.
8-bob. Elektron jadvallar.
9-bob. Kompyutetda taqdimot yaratish asoslari.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari ma'ruzalarda olingan nazariy bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalar vositalari bilan jihozlangan xonalarda o’tkaziladi. Ularning soni mavzularning nazariy yoki amaliy jihatlariga qarab aniqlanadi. I-III boblarda laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazilmaydi. Qolgan boblar bo’yicha ular-ning soni 2 ta dan 6 ta gacha bo’lishi mumkin
Dasturning bajarilishini kafolatlaydigan muhim omilllaridan biri o’quvchilar bilimini nazorat qilishni izchil va tizimli ravishda o’z vaqtida amalga oshirib borishdir. Bu o’rinda joriy nazoratni o’quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlari, uy vazifasini tekshirish, qisqa muddatli mustaqil ishlarni uyushtirish yoki test orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Buning uchun laboratoriya ishlari to’plainini tuzish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oraliq va yakuniy nazorat esa, asosan maxsus vazifalarni bajarish yoki test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat har bir bo’lim bo’yicha 1 marta, yakuniy nazorat esa, har yarim yil oxirida o’tkaziladi.
Fanni o’rganishda zamonaviy shaxsiy kompyuterlardan, axborot texnologiyalari vositalaridan, lokal va global kompyuter tarmoqlaridan, INTERNET, elektron pochta, ACCESS ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, WORD, EXCEL, Power Point kabi amaliy dasturlardan foydalanish ko’zda tutilgan.

2. FAN DASTURINING MAZMUNI
1- bob. Axborot va jamiyat
Axborot haqida tushuncha.
Axborotning sifat ko’rsatkichlari.
Axboriy jarayonlar. Informatika predmeti va vazifalari.
Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha.
Axborlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari.
Vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari.
2- bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari
Axborot tizimlari haqida tushuncha.
Axborot tizimlarining turlari.
Boshqaruv tizimi.
Axborot tizimlarining ta'minoti.
Axborot ta'minoti.
Texnik ta'minot.Dasturiy ta'minot.Tashkiliy ta'minot.Matematik ta'minot.
Huquqiy va lingvistik ta'minot.
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
Ma'lurnotlar ombori, uni yaratish va foydalanish usullari haqida tushuncha.
3- bob. Shaxsiy kompyuterlar
EHMlar arxitekturasi.
Universal EHMlarning rivojlanish tarixi.
Shaxsiy kompyuter.
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari.
Markaziy protsjessorlar. Operativ xotira.
Qattiq disk va disk yurituvchilar.
Monitor. Klaviatura.
Shaxsiy kompyuterlar tasnifi.
Kompyuterning atrof qurilmalari.
Sichqoncha. Printerlar. Diskli jamlagichlar. Skanerlar. Modemlar va faksmodemlar.
Kompyuterda ma'lumotlarni tashkil etish va saqlash.
Axborot o’lchov birliklari.
Yacheykalar. Fayllar. Kataloglar.
4- bob. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va uning turlari.
Tizimli dasturiy ta'minot.
Operatsion tizim. Drayverlar.
MS DOS operatsion tizimi. MS DOS da fayllar va kataloglar bilan ishlash.
Tarmoq operatsion tizimi.
Amaliy das-turiy ta'minot (ADT). Umumiy maqsadii ADT. Ofis ADT.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. SASE-texnologiyalar.
5- bob. WINDOWS operatsion tizimi
WINDOWS operatsion tizimi haqida ma'lumot.
WINDOWS operatsion tizimining ish stoli.
Masalalar paneli.
WINDOWSning oynalari va ularning turlari.
Bosh menyu va uning bo’limlari.
"Mening kompyuterim" ilovasi.
Uskunalar paneli va undan foydalanish.
Jildlar va ularni tashkiJ etish.
"Boshlovchi" ilovasi va u bilan ishlash.
6- bob. Kompyuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash asoslari
Grafik ob'ektiar haqida ma'lumotlar.
Kompyuterda grafik ob'ektlarni tasvirlash usullari.
Kompyuter grafikasi tushunchasi.
Paint grafik muharriri haqida ma'lumot.
Paiiu muharriri bosh menyusining bo’limlari.
Grafik tasvirlar hosil qilish.
Grafik tasvirlar ustida amallar.
Paini grafik muhurririning qo’shimcha imkoniyatlari.
7- bob. WORD matn muharriri
WORD matn muharriri va uning imkoniyatlari.
WORD matn muharriri interfeysi oynasining tuzilishi.
Hujjatlar yaratish.
Hujjatlarni saqlash.
Hujjatlarni chop etish
Hujjatlarni taxrirlash.
Matnni formatlash.
Matnga qo’shimcha ma'lumotlar kiritish.
Jadvallar yaratish.
8- bob. Elektron jadvallar
Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar.
EXCEL jadval protsyessori.
Elektron jadvalning asosiy elementlari.
Ilovalar oynasining asosiy elementlari.
Ishchi hujjatlar bilan ishlash.
Ma'lumotlar bilan ishlash.
Formulalar bilan ishlash.
Ma'lumotlarni o’tkazish.
Funksiyalar bilan ishlash.
Diagrammalar bilan ishlash.
9- bob Kompyuterda taqdimot yaratish asoslari
Taqdimot (prezentatsiya) tushunchasi.
Taqdimot yaratish dasturlari.
Power Point dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
Dasturning asosiy oynasi elementlari.
Dasturning ish rejimlari.
Power Pointda taqdimot yaratish.
Slaydlar yaratish.
Taqdimot ustida ishlash.
Maxsus effektlar va ularni o’rnatish.
Animatsiya va animatsion effektlar.
Power Point dasturining qo’shimcha imkoniyatlari.
3. AMALIY MASHGULOTLAR VA LABORATORIYA ISHLARI UCHUN TAXMINIY MAVZULAR:
1. Shaxsiy kompyuterlarning texnik qurilmalari bilan ishlash;
2. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti bilan tanishish;
3. Windows operatsion tizimi ish stoli elementlari bilan ishlash.
4. Oynalar bilan ishlash;
5. Bosh menyu bo’limlari bilan ishlash;
6. Jildlar bilan ishlash;
7. "Boshlovchi" ilovasi bilan ishlash;
8. Paint grafik muharriri bilan ishlash;
9. Paint grafik muharririning qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanish;
10. Wordda hujjatlar yaratish va saqlash
11. Hujjatlarni tahrirlash va chop etish;
12. Hujjatlarni formatlash va qo’shimcha ma’lumotlar kiritish;
13. EXSEL ilovalar oynasining asosiy elementlari bilan tanishish;
14. Ishchi hujjatlar yaratish;
15. Formulalar bilan ishlash;
16. Funksiyalar bilan ishlash;
17. Diagrammalar bilan ishlash;
18. Power Point dasturini asosiy oynasining elementlari bilan ishlash;
19. Power Pointda slaydlar yaratish;
20. Animatsion va maxsus effektlar o’rnatish.
“Maymanoq” xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji __________________________ fani
o’qituvchisi To’raqulov Dilshodning __________ oyi uchun pedagogik yuklamasi

Download 49,05 Kb.
1   2   3   4




Download 49,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari

Download 49,05 Kb.