|
Informatika metodikasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
|
bet | 1/9 | Sana | 02.12.2022 | Hajmi | 21.51 Kb. | | #32873 |
Bog'liq mustaqil ish informatika Bahodirova Maftunaxon 207- guruh BAYONNOMA 2, M1A amaliyot industral ilova 2 mavzu, Mahmudova Mohinurning, Web dasturlashga kirish fanidan mustaqil ish, Mo`minov Diyorbek, UMK ekonometriya 2019-2020, 1 Falsafa asoslari, JAvoblar, Uch oga, S.D.SHEVCHENKO TEXNOLOGIYALAR, bozor iqtisodiyoti, informatika-test-8 (1), zardushtiylik 1, \'axborotlarni kodlash usullari. kodlarni turlari 2 (1)
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Sirtqi ( maxsus sirtqi)
2- KURS 207- guruh (MATEMATIKA VA INFORMATIKA) YO’NALISHI TALABASI BAHODIROVA MAFTUNAXONNING
INFORMATIKA METODIKASI
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart - sharoitlari va vositalari.
Qabul qildi: Yo.Hakimova
Bajardi: M.BAHODIROVA
Farg'ona- 2022
Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart - sharoitlari va vositalari.
Reja:
1 .Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha.
2.O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari.
3.Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash imkoniyatlari.
Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart - sharoitlari va vositalari.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
|
| |