|
Informatika o`qitish metodikasi
|
Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,77 Kb. | | #149770 |
Bog'liq Informatika o`qitish metodikasi-fayllar.org
Informatika o`qitish metodikasi
Fizika-matematika fakulteti “Informatika o`qitish metodikasi” kafedrasi o`qituvchilari R. Ro`ziyev va U.Mirsanovlarning «Matematik va kompyuterli modellashtirish asoslari » fanidan yaratgan o'quv-uslubiy majmuasiga
TAQRIZ
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning rivojlanish bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv va uslubiy adabiyotlar hamda yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish ko`zda tutilgan. Talabalarning bilim saviyasini oshirishda, dunyoqarashini kengaytirishda, faolligini yuqori darajaga ko’tarishda, mustaqil ishlashini ta’minlashda darslik va o’quv qo’llanmalar muhim ahamiyatga ega. Ushbu «Matematik va kompyuterli modellashtirish asoslari» fanidan yaratilgan o'quv-uslubiy majmua oliy o`quv yurtlari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari va barcha yoshdagi foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan.
Ushbu o'quv-uslubiy majmuadagi ma`ruza, amaliy mashg`ulot va laboratoriya mashg`ulot ishlanmalari to`liq tushunarli qilib yoritilgan.
Mualliflar R.Ro`ziyev, U.Mirsanovlar tomonidan yaratilgan o'quv-uslubiy majmua oliy o`quv yurtlari Informatika o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi bakalavrlari shu fanni o`rganishi uchun qo`yilgan barcha talablariga to`liq javob beradi.
Taqrizchi: S. Jumayev
http://fayllar.org
|
| |