450
Web browser — inglizcha so‗z bo‗lib, ―vebni ko‗zdan kechiruvchi‖,
―vebni ko‗rib chiquvchi‖ ma‘nolarini beradi. Bizga bu so‗z
rus tilidan kirib
kelganligi, rus tilida esa ―браузер‖ kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz
ham ―brauzer‖ so‗zini ishlata qoldik. Turk tilida ―Ağ tarayıcısı‖ kabi tarjimasi
mavjud. ―web‖ so‗zi esa World Wide Web ning qisqa ma‘nodagi ko‗rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‗rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni
ko‗rsatish, sahifalararo o‗tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb
brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma‘lumotlar yuborish uchun HTTP
protokolidan foydalanadi. Ko‗pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‗yicha ham
ishlashadi: fayllar ro‗yxatini sahifa ko‗rinishida chop etadi.
Veb brauzer veb-sahifani (butun jahon to‗rida joylashgan sahifa) siz
uchun qulay ko‗rinishda chop etadi — ma‘lum qoidalar bo‗yicha
rasmlarni,
matnlarni (ularning ko‗rinishi, rangi, kattaligi), ovoz yoki video ma‘lumotlarini,
turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari,
sahifadagi siz kiritgan ma‘lumotlarni kerak joyga jo‗natish,
boshqa sahifaga
o‗tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Veb brauzerlarning tarixi. Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic
bo‗lgan. Undan so‗ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili
Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet
Explorer brauzerini
chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi
va bir necha yillardan so‗ng Netscape Navigator brauzeri deyarli
foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95%
ulush bilan dunyoning
eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga
havola qilingandan so‗ng, u asosida Mozilla va
Mozilla Firefox brauzerlari
yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‗p alternativ brauzerlar
mavjud. Dunyoda 75 ta veb brauzer yaratuvchi kompaniyalar mavjud bo`lib,
ularning ro`yxatini
http://www.webdevelopersnotes.com
veb
sahifadan olish
mumkin.