Bolalami suratga olish qiyin ishligini hamma biladi.
Bu suratda ham
bir qator kamchiliklar bor. Qizaloq suratning bir tomoniga o ‘tib qolgan va
u boshini qiyshaytirib olgan. Yana bir kamchilik, yorug‘lik qizaloqqa o‘ng
tomondan tushayapti, natijada uning chap yuzi o‘ng yuzidan ko‘ra to‘qroq
chiqqan. Bu uning kiyimida yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.
Qizaloqning yuzini ramka bilan ajratib olamiz. Ramkani soat miliga tes-
kari yo‘nalishda biroz buramiz. Ramkaning o‘lchamlarini yana to‘g‘rilab
olamiz. Enter tugmasini bosib, o‘zgarishlami amalga oshiramiz.
Fotosuratlarda uchraydigan kamchiliklardan yana biri bu suratga olish
nuqtasining noto‘g‘ri tanlanishidir. Natijada
suratga olinayotgan obyekt
ro‘paradan emas, balki chap, o ‘ng, past yoki yuqoridan suratga olinib qo-
ladi. Suratga olish nuqtasidan tasviming ko‘rinishi uning perspektivasi deb
ataladi. Quyidagi rasmda ko‘p qavatli bino yerdan turib
suratga olinganligi
ko‘rinib turibdi. Uni qo‘shni binodan turib suratga olingan ko‘rinishga kelti-
rish mumkin.
Buning uchun PhotoShopdagi Ka^pHpoBaHne nepcneKTHBbi (Perspekti-
vani o ‘zgartirib kadrlash) uskunasidan foydalanish mumkin. Uni chaqirish
32
uchun klaviaturadagi bosh lotin harfi C ni (Shift+C) bir necha marta bosa-
miz. Yoki uskunalar panelidagi ramka uskunasining ustiga sichqonehani olib
kelib, o‘ng tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan ro‘yxatdagi ikkinchi uskunani
tanlaymiz. Uning tugmasi Q ko'rinishda bo’ladi.
Dastlab suratni to‘liq tanlab olamiz. Buning uchun sichqonchani surat-
ning
bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz. Sichqonchani qa-
rama-qarshi burchakkacha sudrab boramiz va tugmani qo‘yib yuboramiz.
Surat ustida to‘r paydo bo'ladi. Yuqori burchaklardagi markerlami gorizontal
yo‘nalishda surib, to'm ing vertikal chiziqlari hino devori qirrasiga parallel
bo‘lishiga erishamiz.
Bunda burchaklami bir necha marta surishga to ‘g‘ri kelishi mumkin.
Chunki o‘ng tomondagi chiziqlar parallel bo‘lgunicha,
chap tomondagi chi-
ziqlar parallel bo‘lmay ketishi mumkin va aksincha.
Bu uskunadan devordagi surat, televizor, kompyuter yoki planshet ekra-
nidagi tasvimi qiya burchak ostida suratga olingandagi kamchilikni to‘g‘ri-
lashda ham ishlatish mumkin.
PhotoShopda ko‘pincha bir nechta rasmlardan yangi rasm yaratishga
to‘g‘ri keladi. Bunda tasvirlaming o‘lchamini kichiklashtirish yoki kattalash-
tirish, ulami burish, o‘girish, qiyalashtirish, qiyshaytirish kabi amallami ba-
jarishga to‘g‘ri keladi. Bu amallar shakl o‘zgartirish amallari deb ataladi.
Bu kabi amallar bilan kadrlashga bag‘ishlangan
mashqlarda tanishib
chiqqan edik. Lekin u yerda bu amallardan bir nechtasi bir paytda bajarilar
va ulami dastuming o‘zi tanlab bajarar edi. Bu esa har doim ham aniq va ku-
tilgan natijaga olib kelmaydi.