(InterNIC), si.net (Srrint International).
Davlatlarni izoxlovchi domenlar mavjud:
*.uz
|
Ўзбекистон
|
*.li
|
Лихтенштейн
|
*.uk
|
Буюк Британия
|
*.cn
|
Хитой
|
*.ca
|
Канада
|
*.ru
|
Россия
|
*.ch
|
Швейцария
|
*.de
|
Германия
|
*.au
|
Австралия
|
|
|
Internetga bog`lanish uchun nima qilish kerak? Internetga bog`lanish uchun
avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma ta'minotiga ega bo`lish
kerak. Provayder telefon raqamlarini olish, xamda mijozning qayd qilingan
takrorlanmas nomi (Login) va narol (Rassword)ga ega bo`lish zarur.
Internet xizmati turlari
Internet avvalambor uning foydalanuvchilariga axborot xizmat ko`rsatish uchun
yaratilgandir. Xo`sh, bu xizmat nimadan iborat va uning qanday turlari mavjud?
Ushbu saxifada biz mana shu xizmat turlari xaqida so`z yuritamiz.
Umuman olganda internet xizmat turlari nixoyatda ko`p va xilma xil bo`lib (yangi xizmat
turlari kun sayin paydo bo`lib, ba'zilari yo`qolmoqda) ularni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
· WWW - elektron saxifa xizmati
· Elektron pochta xizmati
· Telekonferensiya (Usenet)
· Fayllarni uzatish (FTP)
· Slujba imen domen (DNS)
· Telnet xizmati
· IRC - xizmati yoki Chat konferensiya.
· Ma'lumotlarni izlash xizmati
WORLD-WIDE-WEB (Jaxon axborot tarmog`i)
WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. ?
ozirgi vaqtda internet xizmatining 90 % ga yaqinini www xizmati tashkil etadi.
Internetga asos solingandan boshlab (1969 yil), WWW xizmati tashkil etilgunga ?
adar internet sekin rivojlandi va 25 yil davomida bor yo`g`ii 2 millionga yaqin
foydalanuvchiga ega edi xolos. WWW xizmati tashkil etilgandan so`ng esa (1996
yil), har yarim yilda internet foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib
bordi. Bugungi kunda internet tarmog`ining foydalanuvchilar soni 300 millionga
etdi.
WWW xizmatining asosiy tushunchalari:
· HTML formati
· "Gipermatn" bog`lanishi
· HTTP "gipermatn" uzatish protokoli
· Web ma'lumotlar
· Web uzel va saytlar
· Web saxifalarning aktiv komponentlari
HTML formati tushunchasi
Web-saxifa - aloxida tugallangan gipermatnli xujjatlar bo`lib, ular birgalikda
"sayt" ni tashkil etadilar. Har gal internetda ishlash jarayonida Siz albatta Web-
saxifalardan birini ekranda ko`rasiz.
Saytning tashkil etuvchisi bo`lgan Web-saxifaning o`zi aloxida ekranga chi?
arilishi ham mumkin. Har bir Web-sahifa o`z adresiga ega. Umuman Web-sahifa
yaratish uchun HTML (Hyper Text Markup Language - ma'nosi gipermatnni belgilash
tili) tili ishlatiladi. Bu til 1989 yilda Jenevada Tim Berners-Li (Tim Berners-
Lee) tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Tim Berners-Li "Internet otasi" nomiga
sazovor bo`lgan. Til dasturlash tili emas, faqat Web-sahifa yaratish uchun
mo`ljallangan. Web-sahifada biror ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini
o`rnatish uchun Java tilida tuzilgan dasturlardan foydalaniladi.
HTML tili o`zining sintaksisi va semantikasiga ega. Uning tarkibini bir necha
elementlar tashkil etadi. Har bir Web-saxifa chekli sondagi elementlardan
tashkil topadi. Tilning asosiy tushunchalaridan biri Teg (Tag) hisoblanadi. Teg -
elementning boshi va oxirini ko`rsatuvchi belgidir. Teg elementning sahifadagi
ta'sir ko`rsatish doirasini aniqlaydi va bir elementdan boshqa elementni
ajratib turadi. Web-sahifaning matnida teg < va > belgilari orasiga olinib
yoziladi. Teg oxiri esa "/" (og`ma chiziq) belgisi bilan yakunlanadi.
Atribut tushunchasi tilda elementning parametrini yoki xususiyatini aniqlaydi.
Masalan shrift atributi deganda, biz shrift kattaligi, turi, rangi, yozilish
usulini tushunamiz. Web-sahifadagi boshqa bir asosiy tushuncha gipermurojaat
(Giperssilka) tushunchasidir. Gipermurojaat matnning bir bo`lagi bo`lib, undan
boshqa bir faylga yoki ob'ektga murojaat qilish mumkinligini anglatadi.
Gipermurojaat bir hujjatdan boshqa bir hujjatga tio`shda yoki aksincha qaytishda
ishlatiladi. Freym (Frame) tushunchasi tilda ikki xil ma'noda ishlatiladi.
Birinchisi hujjatni aloxida o`z oynasida ko`rib chiqish soxasi bo`lsa, ikkinchisi
murakkab grafikli (animasiyali) faylda qayta ishlash va tasvirlash. HTML tilida
yaratilgan Web-sahifa tashqi xotiraga .html kengaytma nomi bilan saqlab qo`yiladi.
HTTP "gipermatn" uzatish protokoli.
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) - "gipermatnlarni uzatish protokoli" - tarmoq
protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy
vazifasi "giperbog`lanish"dan hosil bo`lgan URL -adresli elektron ma'lumotlarni
o`qishga oid so`rov (zapros)ni serverga jo`natish (xuddi shu vaqtda
so`ralayotgan ma'lumot joylashgan server bilan aloqa o`rnatiladi) va so`ralayotgan
ma'lumot olib bo`lingandan so`ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
Gipermatnli bog`lanish tushunchasi
Internetda elektron ma'lumotlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn
bu matnni giperbog`lanishlar yordamida ifodalashdir. Giperbog`lanishlar ichki va
tashqi bo`lishi mumkin. Agar giperbog`lanish boshqa bir serverda mavjud bo`lgan
aloxida o`zining URL-adresiga ega bo`lgan elektron ma'lumotga nisbatan
ishlaydigan bo`lsa, u holda bunday giperbog`lanish tashqi deb ataladi. Ba'zi hollarda
Web ma'lumot avtorlari qulaylik nuqtai nazaridan bir serverning o`zida joylashgan
elektron ma'lumotning o`zini ham bir necha bo`laklarga bo`lib, giper bog`lanishlar
yordamida ifodalaydilar, bunday giperbog`lanishlar ichki deb ataladi.
Web ma'lumotlar
HTML formatida tayyorlangan elektron ma'lumot HTML ma'lumot, Web ma'lumot
yoki Web sahifa deb atalishi mumkin.
Agar elektron ma'lumotni tayyorlash ?a?ida gap borsa, u ?olda ma'lumot HTML -
ma'lumot deb ataladi, va ushbu elektron ma'lumotni internetda e'lon ?ilish yoki
tar?atish ?a?ida borsa, ?olda bu ma'lumot Web ma'lumot deb ataladi. Bordiyu,
ushbu ma'lumotdan foydalanish ?a?ida borsa, u ?olda bunday elektron ma'lumot
Web sa?ifa deb ataladi.
Web uzel yoki saytlar
Bitta mauallif yoki WWWga tegishli b¢lgan bir guruh o`zaro "giper bog`lanishlar"
bilan aloqador bo`lgan Web sahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb
ataladi.
Web server
Web server tushunchasini 2 xil ma'noda ishlatish mumkin. Agar www xizmatini
Ko`rsatish haqida gap borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va
saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi.
Agar so`z internetning texnik ta'minoti haqida borsa, u holda Web server Web
resurslari saqlanayotgan va uning dastur ta'minoti ishlab turgan kompyuter
ma'nosini anglatadi. Internet tarmog`ining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta
server dasturlar ishlab turishi mumkin. Masalan, Web server dastursi, FTP servis
elektron pochta serveri dastur ta'minotlari va x.k. bitta Web serverda
(kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari (uzellari)
Web saxifalari joylashishi mumkin.
Web saxifaning aktiv komponentlari
Ma'lumki, Web sahifa tarkibiga HTTP protokoli orqali amalga oshirib
Bo`lmaydigan aloxida ob'ektlarni joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web saxifa
tarkibiga biriktirilgan ob'ektlar HTTP protokoli kodlaridan farqli "dastur"
b¢lsa, u holda bunday ob'ekt Web sahifalarning faol komponentlari
(ob'ektlari) deb ataladi.
Ushbu aktiv ob'ektlar yordamida Web sahifalarni joylashtirish mumkin.
Masalan animasiya, multiplikasiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki
mijoz bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, fizika, ximiya yoki texnikaga oid
har xil tajribalarni namoyish etish va x.k.
Web-server bilan ishlash mobaynida Telnetra chetdan ulanishni bajarish, tarmoq
mijozlariga elektron pochta yuborish, FTP-anonim yordamida fayllarni olish va
Internetning boshqa bir qator ilovalarida (amaliy dasturlar) ish bajarish
mumkin. Bu wwwni Internetning integral xizmati deb hisoblashga imkon beradi
Elektron pochta.
Internetning asosiy xizmatlaridan biri bu Elektron pochtadir. Elektron pochta
(email - electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan
ikkinchisiga ma'lumotlarni jo`natilishini ta'minlaydi. Uning eng asosiy
afzalligi vaqtga bog`liq emasligida. Elektron xatlar j¢natilgan zaxotiyoq
manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli
xat, grafikli va tovushli fayllarni, programma fayllarni ¢z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o`zida bir necha adreslar bo`yicha jo`natilishi
mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi, chunki Internetning asosiy
xizmat dasturlari bilan interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki,
xost kompyuterga talab elektron xat ko`rinishida jo`natiladi. Xat matni zarur
funksiyalarga kirishni ta'minlovchi standart yozuvlar to`plamidan tuziladi.
Bunday axborotni kompyuter buyruq sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun programmalar yaratilgan, ularni mail umumlashma
nomi bilan birlashtirish mumkin. MS OO5da foydalanuvchilar uchun bml
programmasi qo`llanilsa, Unix tizimlar uchun elm programmasi kengroq tarqalgan.
Eng qulay va foydalanishga oson programma - Microsoft Windows uchun Eudora dan
foydalaniladi. Windows operasion tizimida elektron pochta bilan ishlashni
Microsoft Outlook Exrress ilovasi ta'minlaydi. Bu programmalar quyidagi
vazifalarni bajaradi:
matnni yaratadi;
xat - xabarlarni (korrespondensiyalarni) o`qish va saqlash;
xat-xabarlarni o`chirish;
adresni kiritish;
xat - xabarlarni qabul qilish va jo`natish;
turli xujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va bosh?a fayllarni import (qabul
qilish va kerakli formatga o`zgartirish), xatga ilova qilish;
Odatda, elektron pochta dasturlari ASCII kodidagi matnlarni ikkilik formatda
xam jo`natadi. ASCII kodida faqat matnlarni yozish mumkin.
Ikkilik fayllarda xar qanday axborotni saqlash mumkin, shu bois aralash
xabarlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik tizim qo`llaniladi.
Elektron pochta - bu Internet tarmog`i orqali xabarlar almashish xizmati
hisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi:
- Elektron pochta serveri - xabarlarni jo`natish va qabul qilishni
ta'minlash
- Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratish, o`qish va javob qaytarish
Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)
- Xabarlarga qo`shimcha ma'lumotlarni ilova qilish
- Xabarlarga rasm va multimedia ma'lumotlarini joylashtirish
- Xabarlarni bir gurux foydalanuvchilarga uzatish
- Xabarlarni qidirish va saqlash
|