O`quvchi mustaqil ishining tashkiliy shakllari
O`quvchi mustaqil ishini tashkil etishda muayyan Informatika va axborot texnologiyalari fanining xususiyatlarini, shuningdek, har bir o`quvchining akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy mavzularini o`quv adabiyotlari, didaktik materiallar hamda elektron o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish;
Ta`lim muassasasining o`quvchilar konferensiyalari va seminarlarida ma`ruzalar bilan qatnashish;
Amaliy ishlarini bajarishda tayyorgarlik ko`rish;
Misol va masalalar yechish.
O`quv va ishlab chiqarish amaliy ko`nikmalarini maxsus adabiyotlardan foydalanib mustaxkamlash;
Turli ko`rgazmalarda mustaqil ish natijalari bo`yicha ijodiy ish namunalari bilan (kasb va ixtisosliklarga oid modellar, sxemalar va detallardan namunalar tayyorlash) qatnashish;
Anjuman va ko`rik tanlovlarda mustaqil ish natijalari asosida tayyorlangan ishlar bilan qatnashish.
Xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, o`quvchi mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin:
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi reja hamda dasturlarda o`quvchi
Mustaqil ishining shakllari, majmuni va xajmi ifoda etildi.
O`quvchi mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda Informatika va axborot texnologiyalari fan bo`yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllarini topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va kafedrada tasdiqlanadi.
|