46
Oynada MS Excel dasturida foydalanish imkoniyati kiritilgan, qiymatlar, ifodalar va yacheykalar ustida
amallar bajarishga mo'ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan bo`lib, barcha funksiyalar kategoriyalarga
birlashtirilgan.
Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib Найти tugmasi yordamida izlab
topiladi.
Ikkinchi qadamda ushbu funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar beriladi. So'ngra
tanlab
olingan funksiya kerakli yacheykaga joylashtiriladi:
MS Excel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan keskin farq qilishi mumkinligidan
ularning argumentlari ham o'z navbatida turli ko'rinishda berilishi mumkin.
Masalan, Математические функции qismida cos(x) funksiyasida argument bitta haqiqiy qiymatdan iborat
bo'ladi va burchakning qiymati radianda beriladi:
Логические функции qismidagi ЕСЛИ funksiyasida argument mantiqiy ifoda bo'lib, uning faqat ikkita
qiymati ("rost" yoki "yolg'on") ga ko'ra ikki xil natijaga ega bo'lishi mumkin: