Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi




Download 53.65 Kb.
bet3/9
Sana12.08.2022
Hajmi53.65 Kb.
#25201
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu
1-5-mavzular, 6sinf mavzulashtirilgan testlar, nol gipotezasi, Obyektivka Жахонгир Жумашев
Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi.
„Informatika“ atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan farang soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.
Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga ko'ra, u turli xillarga boʻlinadi. Masalan, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.
Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugʻullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi.
Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Masalan, 1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi.
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan uzviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o’stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va EHMni o’qish jarayonida, ilmiy texnik ishlash ishlarida, ilmiy izlanishlarda va kelajakdagi muhandislik faoliyatlarida qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
«Informatika» fanining vazifasi talabalarga EHMda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan axborotlarni tasvirlash yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo’laklarga bo’lib, matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni EHMga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir.
Hozir insoniyat tashabbusidagi har bir ishda EHMni qo’llanilayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. EHM ning dunyoga kelishiga avvalam bor injenerlar va fiziklar juda muhtoj bo’lganlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va bo’larni faqat EHM yordamida hisoblash mumkinligini olimlar tushunib yetdilar. Endi EHM larning eng oddiy to’plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang’ich informatsiyalar mashinaga uzluksiz chizislar, ya'ni tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo’lsa va bunda mashinalarning o’zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chisarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bo’larning boshqacha turi raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi.
Ular uzluksiz bo’lmay diskret bo’ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha axborotlar raqamli kodlar ko’rinishida bo’ladi. IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar (SHK) asosan qo’yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:

  • Kiritish qurilmasi (Klaviatura, “Sichqoncha”);

  • Chiqarish qurilmasi (Printer, Monitor);

  • Tizimli (Sistemali) blok (Xotira, protsessor, adapterlar).


Download 53.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 53.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikaning fan sifatida shallanish tarixi

Download 53.65 Kb.