|
Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif
|
bet | 3/9 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 21,73 Kb. | | #13372 |
O`quv markazining huquqlari
O`quv markazi o`quvchining majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish huquqiga ega.
O`quv oyi uchun to`lov vaqtida to`lanmagan taqdirda o`quv markazi o`quvchini darslarga kirishini cheklash huquqiga ega.
Uy vazifasi 3 marotaba bajarilmasa, darslar 3 marotaba o`quvchi tomonidan o`tkazib yuborilgan taqdirda, O`quv markazi talabani ogohlantirmasdan xizmat ko`rsatishni to`xtatishga haqlidir va ilgari to`langan summa qaytarib berilmaydi va keyingi oyga o`tkazilmaydi.
Agar o`qituvchi o`quv markazi standartlariga javob bermasa hamda qoidalariga rioya qilmasa, O`quv markazi o`qituvchini o`zgartirish huquqiga ega.
O`quv markazi orqali imtihondan o`tmagan o`quvchini boshqa tayyorlov guruhiga o`tkazish huquqiga ega.
Tasdiqlangan darslar jadvaliga darslar sonini cheklamagan holda o`zgartirishlar kiritish huquqini O`quv markazi o`zida saqlab qoladi.
Darslar qoldirilgan taqdirda o`quvchi boshqa shaxsga pul mablag`larini to`lash bo`yicha bitim tuzmaydi.
|
| |