|
Ingliz va/yoki rus tillarini o`qitish kurslari xizmatini ko`rsatish bo`yicha Ommaviy Taklif
|
bet | 4/9 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 21,73 Kb. | | #13372 |
O`quvchining majburiyatlari.
Shartnoma tuzishdan va to`lovni amalga oshirishdan oldin o`quvchi ushbu taklifning mazmuni va shartlari bilan, o`quv markazi narxlari bilan O`quv markazi tomonidan muhrlangan va qabul qilingan xizmatlar katalogida tanishib chiqishi lozim.
Darslarga qoniqarli darajada tayyorgarlik ko`rishi lozim.
Dasturni sidqidil bilan va to`laqonli tarzda o`zlashtirishi lozim.
Dastur bo`yicha darslarga tayyorgarlik ko`rish uchun topshiriqlarni bajarishi lozim.
O`quv markazi tomonidan berilgan o`quv materiallarini va o`quv markazining o`quv jarayoniga kirish huquqini uchinchi shaxslarga berish qonun tomonidan ta`qiqlanadi. Ushbu bandga rioya qilmagan taqdirda, O`quv markazi O`zbekiston Respublikasining mualliflik huquqlari to`g`risidagi qonunlariga muvofiq jarimani talab qilishga haqlidir.
O`quv markazi va binoning texnik jihozlari va inventarlariga, o`quv markazi taqdim etgan qo`llanmalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishi lozim.
O`quvchi darslarni qoldirmasligi va uyga vazifalarini vaqtida bajarib kelishi lozim.
Har oyning ikkinchi darsida o`quv oyi uchun to`lovni amalga oshirishi lozim.
O`quvchi dars davomida O`quv markazi hududida bo`lishi shart.
O`quv markazi hududidan tashqarida yurish qat`iyan ma`n etiladi.
O`quvchilar uchun kutish xonasida va O`quv markazi hududida baqirish, shovqin solish, tamaki mahsulotlarini chekish ta`qiqlanadi.
O`quvchilarning mashg`ulotlar paytida (telefon, quloqchinlar va boshqa narsalar bilan) chalg`ishi hamda boshqa o`quvchilarni chalg`itishi ta`qiqlanadi.
Agar bitta dars o`tkazib yuborilgan bo`lsa, O`quv markazi o`quvchini uning darajasiga mos keladigan boshqa guruhga o`tkazish huquqiga ega.
|
| |