|
Foydalanish shartlari
|
bet | 1/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #133421 |
Bog'liq Foydalanish shartlari
Foydalanish shartlari
Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda – Markaz)ning ommaviy ofertasi hisoblanadi va har qanday murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) bilan «Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda – Identifikatsiya tizimi)dan foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi.
Ushbu Kelishuv shartlari barcha Foydalanuvchilar uchun bir hil hisoblanadi.
1. Atamalar va taʼriflar
Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
Elektron davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
Foydalanuvchi – davlat xizmatiga ehtiyoji bo‘lgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega bo‘lgan, ushbu Kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu Kelishuvni tuzgan yuridk va/yoki jismoniy shaxs;
Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ga ega bo‘lgan tashkilot;
|
| |