|
Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #133421 |
Bog'liq Foydalanish shartlari5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ruxsat bilan foydalana olish uchun Identifikatsiya tizimida o‘z hisobga olish yozuvidan foydalanish.
O‘z shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 30-moddasining birinchi qismiga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish.
Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu kelishuvni bekor qilish va o‘zining hisobga olish yozuvini o‘chirib tashlash yo‘li orqali axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishdan voz kechish. Qayd etish ma’lumotlarini o’chirish Markazga ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
5.2. Identifikatsiya tizimidan Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Identifikatsiya tizimi yoki Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlarining ishlash jarayonini buzishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik;
Ro‘yxatga olish va autentifikatsiyalashda ishonchli bo‘lgan maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ularning aktual holatini taʼminlash, o‘zini boshqa shaxs yoki qandaydir tashkilot vakili qilib ko‘rsatmaslik, o‘zining ERIdan foydalanish;
Markaz tomonidan Kelishuv shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmaganda Identifikatsiya tizimidan foydalanishdan voz kechish va Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlari, resurslari va servislaridan foydalanishni to‘xtatish;
o‘zining hisobga olish yozuvlarining saqlanishini taʼminlash uchun kerakli choralarni ko‘rish;
konfidensiallik yoki hisobga olish yozuvidan o‘zining foydalana olish vositalari (mobil telefon raqami, login va parol)ning saqlanishi buzilgan holda zudlik bilan login va/yoki parolni o‘zgartirish yoki Markazni xabardor qilish.
|
| |