|
Markaz huquqlari va majburiyatlari
|
bet | 4/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #133421 |
Bog'liq Foydalanish shartlari6. Markaz huquqlari va majburiyatlari
6.1. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Identifikatsiya tizimida foydalanuvchining xatti-harakatlarining monitoringini o‘tkazish;
Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv talablari buzilgan holda, foydalanuvchining Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalana olishini, shu jumladan Identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchining hisobga olish yozuvini bloklash orqali cheklash;
foydalanuvchidan olingan shaxsiy maʼlumotlardan (shu jumladan telefon raqamidan) foydalanuvchiga proaktiv davlat xizmatlarini taqdim etishda, shu jumladan ushbu xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq xabarlarni yuborishda foydalanish.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash.
Dastlab Foydalanuvchini xabardor qilmasdan Identifikatsiya tizimidan foydalanishning ushbu shartlarini o‘zgartirish. O‘zgartirilgan shartlar Identifikatsiya tizimining bosh sahifasiga joylashtirilishi kerak.
Foydalanuvchiga axborot xabarlarini yuborish. Xabarlar tashqi-hamkor tashkilotlarni yordamida ham yuborilish mumkin.
6.2. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
Identifikatsiya tizimi ishlashini (Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalanishda Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash, avtoriatsiyalash va autentifikatsiyalashni) taʼminlash;
Identifikatsiya tizimida foydalanuvchilar maʼlumotlarining butunligi va o‘zgarmasligini kafolatlash;
foydalanuvchilarning Identifikatsiya tizimiga murojaatlari hisobi va statistikasini yuritish;
qonun hujjatlari talablari va shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini himoyalashni taʼminlash;
7. Kelishuvning amal qilish muddati
7.1. Ushbu Kelishuv Foydalanuvchining Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar tarafidan to‘liq bajarilgunchaga amal qiladi.
|
| |