Foydalanish shartlari




Download 32,32 Kb.
bet5/6
Sana09.01.2024
Hajmi32,32 Kb.
#133421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Foydalanish shartlari

8. Javobgarlik
8.1. Markaz uning aybi bilan yuzaga kelmagan shaxsiy maʼlumotlarning yo‘qolganligi uchun Foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmaydi.
8.2. Markaz Identifikatsiya tizimi faoliyatidagi nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar ko‘rsatilgan nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi quyidagilar oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa:

  • uchinchi shaxslarning Identifikatsiya tizimi dasturiy taʼminotidan ruxsatsiz foydalanishiga va/yoki ko‘rsatilgan dasturiy taʼminotning ishdan chiqishiga qaratilgan xatti-harakatlari.

  • ulangan veb-servislarning ishlamay qolishi.

8.3. Markaz Identifikatsiya tizimidan foydalanish yoki foydalanish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli sodir bo‘lgan har qanday bevosita va bilvosita zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.4. Markaz quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi:

  • Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (qasddan yoki ehtiyotsizlik sababli) parol va shaxsiy maʼlumotlarning taqdim etilishi;

  • parolni tanlash va/yoki kodni ochish imkonini beradigan dasturiy vositalardan foydalanish oqibatida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi;

  • parol va hisobga olish maʼlumotlarini tanlash (podbor) yo‘li bilan Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi.

8.5. Foydalanuvchi fuqarolik, jinoyat qonun hujjatlari, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarning ishonchliligi, shu jumladan ularning o‘z vaqtida yangilanishi va tuzatilishiga to‘liq javobgar bo‘ladi.
8.6. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv bo‘yicha o‘zining vazifalariga rioya etmaganligi sababli Markazga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
8.7. Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan foydalanish uchun o‘zi tanlab olgan vositalarning xavfsizligi (shuningdek aniqlashga nisbatan barqarorlik), saqlanishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, shuningdek ularning maxfiyligini mustaqil taʼminlaydi. Bunda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi ostidagi barcha xatti-harakatlari Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
8.8. Tomonlar ushbu Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bunday bajarmaslik ushbu Kelishuv tuzilgandan keyin va Tomonlar oqilona chora-tadbirlar bilan oldini ololmagan favqulodda tusidagi hodisalar (fors-major) natijasida paydo bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar holatining oqibati hisoblansa. Bunday favqulodda tusidagi hodisalarga Kelishuvni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi suv toshqini, yong‘in, zilzila, tuproq cho‘kishi va boshqa tabiiy ofatlar; urush yoki harbiy harakatlar, embargo, qamallar, hukumat harakatlari kirishi mumkin.

Download 32,32 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 32,32 Kb.