|
ERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo.
2. Kelishuv predmeti
|
bet | 2/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #133421 |
Bog'liq Foydalanish shartlariERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo.
2. Kelishuv predmeti
2.1. Markaz Identifikatsiya tizimi egasi hisoblangan holda elektron davlat xizmatlaridan ruxsat bilan foydalana olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga Identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim etadi.
2.2. Identifikatsiya tizimi tomonidan «Elektron hukumat” tizimidan foydalana olish uchun Foydalanuvchilarni haqiqiy identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish taʼminlanadi.
3. Kelishuvni tuzish tartibi
3.1. Jismoniy shaxs Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ushbu Kelishuv shartlarini so‘zsiz va to‘liq qabul qiladi hamda «Elektron hukumat” tizimining Foydalanuvchilarini identfikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni taʼminlash, shuningdek, boshqa maqsadlar uchun o‘zining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va saqlashga rozilik beradi.
3.2. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tguncha Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishishga majbur. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan va ularga rozi hisoblanadi, bunda Kelishuv ushbu ommaviy oferta shartlari asosida yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi va ikki tomon tarafidan imzolangan Kelishuv hisoblanadi. Jismoniy shaxsning Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqti ushbu Kelishuv tuzilgan payt hisoblanadi.
4. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish shartlari
4.1. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – jismoniy shaxs quyidagi maʼlumotlarni ko‘rsatishi kerak:
biometrik pasport maʼlumotlari (JSHSHIR, biometrik pasport seriyasi va raqami, tug’ilgan sanasi (keyingi o‘rinlarda – shaxsiy maʼlumotlar);
login yoki parol yo‘qolganda, hisobga olish yozuvini birlamchi aktivatsiya qilish kodini olish va hisobga olish yozuvini (uchetnaya zapis) tiklash uchun mobil telefonning haqiqiy raqami;
login yoki parol yo‘qolganda hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzili;
Elektron raqamli imzo kalitlari (keyingi o‘rinlarda – ERI)ning sertifikati bo‘lganda ERIdan foydalanib ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zining hisobga olish yozuvini tasdiqlash huquqiga ega. ERI kalitlarining sertifikati bo‘lmaganda ERIdan foydalanib hisobga olish yozuvini Identifikatsiya tizimida keyingi avtorizatsiya paytida tasdiqlash mumkin.
login yoki parol yo‘qolgan holda Foydalanuvchi hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzilini ko‘rsatishi lozim;
4.2. ERI kalitining sertifikati qayd etish ma’lumotlarini haqiqiyligini tasdiqlash yoqi tizimga kirish uchun qo’llanilganda, u ushbu harakatlarni bajarish paytida amalda bo’lishi kerak.
4.3. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – yuridik shaxs 4.1-bandga muvofiq avval jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini yaratgandan keyin jismoniy shaxs kabinetida quyidagilar orqali yuridik shaxsni qo‘shish kerak:
4.4. Foydalanuvchini Yagona Identifikatsiyalash tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida foydalanuvchi profili avtomatik ravishda yaratilishi mumkin.
4.5. Yuridik shaxsni to‘ldiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga topshiriladigan 8-son hisobot shaklida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
4.6. Mobil telefonning logini, paroli va raqamini bir vaqtning o‘zida aks ettirish imkoni bo‘lmagan holda hisobga olish yozuvini ERIni qo‘llash yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali tiklash mumkin.
|
| |