-rasm. RTP �lood hujumini amalga oshirish sxemasi




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana23.05.2024
Hajmi1,34 Mb.
#251628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
axborot-kommunikatsiya-tizimlariga-bo-ladigan-kiberhujumlar-tahlili-va-tasnifi

6-rasm. RTP �lood hujumini amalga oshirish sxemasi


05.01.05 – АХБОРОТЛАРНИ ҲИМОЯЛАШ УСУЛЛАРИ ВА ТИЗИМЛАРИ. 
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ
PRINT ISSN 2181-9637
ONLINE ISSN 2181-4317
4 / 2023
ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ
НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ
SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT
33
Keyinchalik yovuz niyatli foydalanuvchi 
suhbat bosqichida maqsadli mijozlarga UDP 
orqali uzatiladigan haqiqiy RTP ovozli xabar-
lari toʻplamini yaratadi va serverni tra�ikni 
oʻtkazish qobiliyatini yoʻqotish uchun javob 
xabarlarini tayyorlashga majbur qiladi. Bun-
ga u qonuniy foydalanuvchining qayd ma’lu-
motlarini buzish orqali erishadi. Bunday 
RTP �lood hujumi oqibatlari serverning had-
dan tashqari yuklanishi yoki ishlamay qoli-
shi, istalmagan tra�ikka, mijozlarga xizmat 
koʻrsatishning kechikishi yoki qotib qolishi, 
qoʻng‘iroqni toʻxtatib turish va hujum qilin-
gan serverlardan birining ortiqcha yuklani-
shiga olib keladi.
Dasturiy ilovalar darajasidagi hujumlar.
Dasturiy ilovalar darajasidagi hujumlar keng 
koʻlamli hujumlar va protokollar orqali qili-
nadigan hujumlarga nisbatan kamroq resurs 
talab qiladi. Ushbu turdagi hujumlar Apache, 
Windows va OpenBSD kabi server dasturiy 
ta’minotlardagi kamchiliklarni nishonga ola-
di. Dasturiy ilovalar sathidagi DDoS hujum-
lari dastlab qonuniy koʻrinadigan, ya’ni od-
diy foydalanuvchi tra�igining xatti-harakatiga 
taqlid qiluvchi koʻp sonli soʻrovlar yuborish 
orqali serverlarni buzadi. Dasturiy ilovalar 
darajasidagi hujumlar faqat ma’lum dastur 
paketlarini nishonga olganligi sababli ular 
e’tibordan chetda qolishi mumkin. Dasturiy 
ilovalar darajasidagi hujumlar veb-saytning 
ma’lum funksiyalari ishlashini buzishga qa-
ratilgan.
1. Slowloris hujumi. 
Slowloris hujumi das-
turiy ilovalar darajasidagi hujumlar guruhi 
vakili hisoblanadi. Slowloris DDoS hujumlar-
ni amalga oshirish uchun moʻljallangan das-
turiy ta’minot boʻlib, bitta kompyuter yor-
damida veb-serverning xizmat koʻrsatishini 
rad etishga imkon beradi. Hujumni amalga 
oshirish uchun minimal tarmoqli oʻtkazuv-
chanlik talab qilinadi. Bu faqat maqsadli 
serverning veb-serveriga ta’sir qiladi, boshqa 
xizmat va portlarga deyarli hech qanday no-
joʻya ta’sir koʻrsatmaydi. Slowloris veb-server 
dasturiy ta’minoti koʻplab mashhur turlariga 
nisbatan yuqori samarali ekanligi isbotlangan 
(Mammadova & Aslanov, 2023). Slowloris – 
bu HTTP’dan foydalanadigan TCP’ga asoslan-
gan DOS hujumi hisoblanadi. Buzg‘unchilar 
HTTP serveriga bir nechta ulanishlarni oʻrna-
tadi va toʻliq boʻlmagan HTTP sarlavhalarini 
muntazam ravishda yuboradi. Hujum server-
ga qisman, toʻliq boʻlmagan HTTP soʻrovla-
rini yuborish orqali qoʻllab-quvvatlanadi va 
bu ulanishni bloklashda davom etadi. Uning 
sarlavhalari serverga muntazam ravishda 
yetib boradi. Bu hujumning asosiy g‘oyasi 
bitta server mashinasini barcha ajratilgan 
soketlarni toʻldirmagunicha koʻplab ula-
nishlarni ushlab turishga majbur qilishdir (7-
rasm).
Yovuz niyatli 
foydalanuvchi
Yakunlanmagan 
sessiya
Service Unavailable
Error 503
Foydalanuvchi

Download 1,34 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. RTP �lood hujumini amalga oshirish sxemasi

Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish