-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar




Download 98.32 Kb.
bet5/7
Sana01.12.2022
Hajmi98.32 Kb.
#32718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Инструкции по дайректам в КЗ (1), Information, Шаблон Объяснительного (2), Текст английский песни, алгебра 1666, Театр, ish xaqi tolash banklarda, Metall konstruksiyalari Q. Saydullayev 2010 , 2 5386797705479590594 — копия, Документ Microsoft Word, Monthly report, 100 plotnost 4 ta 08.05.2023, Adabiyotlar sharhi Rashidov Davron, ARAMV102 N1 P32 43
3-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar

Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan natijasiga ko‘ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi ishlarni ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag‘lar jami kapital investitsiyaning yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir.


SHunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o‘tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat:

  • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.





      1. Download 98.32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 98.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar

Download 98.32 Kb.