b) muammoli ta’lim texnologiyalari;
52. Muammoli bayon, evristik suhbat, muammoli namoyish, izlanishga
asoslangan amaliy mashg‘ulot, ijodiy topshiriq, xayoliy muammoli tajriba, muammo farazlarini shakllantirish, masalalarni muammoli yechish (optimal variantlarni tanlash), muammoli vazifa, muammoli o‘yin. Ular qanday ta’lim texnologiyalarining turlari hisoblanadi?
b) muammoli ta’lim texnologiyalarining;
53. Tadqiqot metodi, evristik metod, muammoli vaziyatlarni yaratish metodi, muammoli bayon qilish metodi, ijodiy metod, qisman ijodiy metod. Ular qanday ta’limning metodlari hisoblanadi?
b) muammoli ta’lim metodlari;
54. Hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala – bu ...
b) pedagogik muammo;
55. Talabaning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati ... hisoblanadi?
d) muammoli vaziyat.
56. Muammoli vaziyatni yaratish; vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish; farazlarni ilgari surish; yechimni tekshirish. Ular muammoli vaziyatni hal qilish ... sanaladi?
d) bosqichlari.
57. Ular muammoni hal qilish bosqichlari – bu ...
c) isbotlash; tekshirish; asoslash;
58. Muammoni qo‘yish qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi?
d) muammoni izlash; muammoni qo‘yish; muammoni hal qilish.
59. Muammoni qo‘yish necha sathda kechadi?
c) 3 sathda;
60. Lug‘aviy jihatdan “interfaol” tushunchasi qanday ma’nosini anglatadi?
a) “o‘zaro harakat qilmoq”;
61. Talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim qanday nomlanadi?
d) interfaol ta’lim.
62. Qanday holat talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini ifodalaydi?
|