Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
“Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha
Amaliy loyiha
mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish hajmi
Parrandachilik mahsulotlari
xavfsizligini oshirish
maqsadida
ekologik toza bioqo‘shimchalar
ishlab chiqarish texnologiyasi
dos.G.A.Dushanova
(ilm.raxbar)
prof.Z.F.Ismailov
ass.Z.F.Tillaeva
Tadqiqot shakli: Maxalliy va kolleksiyada bulgan mikrosuvutlari
(Scenedesmes sp, Chlorella
spp, Spirullina spp) biomassasini ko‘paytirish hamda chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari
uchun ekologik toza va iqtisodiy jihatdan arzon alternativ biologik ozuqa qo‘shimchalari ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy loyiha bajariladi. Mazkur texnologiya
parrandachilik sanoati korxonalari broyler jo‘ja KOBB-500 krosslari uchun ishlab chiqariladi.
Bu texnologiyalar
asosida biologik xavfsiz, oqsil, vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lgan
go‘sht va tuxum mahsulotlarini olish imkoni yaratiladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
- Mikrosuvutlarining biomassasi ekologik toza sharoitida ko‘paytiriladi va yetishtirish
texnologiyasi ishlab chiqiladi. Ozuqani tan narxini pasaytirish
uchun va ekologik jihatidan
yopiq ishlab chiqarish sikli yaratish uchun toza va salbiy tasir ko‘rsatmaydigan parrandachilik
chiqindilari ishlatiladi.
- Mahalliy mikrosuvo‘tlari shtammi biokimyoviy tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari
monitoring
qilanadi.
- Mikrosuvo‘tlari biomassasi potensiali va samaradorligi laboratoriya hamda dala sharoitlarida
parandalar misolida o‘rganiladi.
- Mahalliy mikrosuvo‘tlari asosida tayyorlangan biologik ozuqa qo‘shimchalari asosida
yetishtirilgan parranda mahsulotlari (tuxum, go‘sht) sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya va dala
sharoitida tahlil qilinadi.
- Parrandachilik korxonalarida maxalliy mikrosuvutlari
asosida tayyorlangan ozuqa
qo‘shimchalari sinovdan o‘tkaziladi hamda iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi va amaliyotga
joriy etish uchun qulay takliflar ishlab chiqiladi.