Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha
mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
Qora
andiz
(Inula
helenium
L.)
introduksiyasi va uni
seleksiyasi
uchun
birlamchi
material
yaratish
Prof.I.Sh.Djabbarov
Tadqiqot shakli: “
Qora andiz (Inula helenium L.) introduksiyasi va uni seleksiyasi uchun birlamchi
materialni yaratish” mavzusida amaliy loyiha amalga oshiriladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari: Qora andiz maqsadli introduksiyasi O‘zbekistonning
Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari turli dehqonchilik rayonlarining biotsenozlaridan to‘plangan eng yaxshi
populyatsiyasi genotiplarini tanlash va integratsiyalashdan boshlanadi.
-kolleksion ko‘chatzorlarda va tajriba maydonlarida dala
tadqiqotlari olib boriladi;
-o‘simliklarning morfologik xususiyatlariga (o‘simlik namunalarining balandligi,
generativ kurtaklar
soni, o‘simliklarning gullash muddati, urug‘lar va ildizlarning yetilishi) ko‘ra
individual tavsifi amalga
oshiriladi;
-urug‘lik va ko‘chatlarni ekish, xomashyo yig‘ish muddatlarini belgilash maqsadida o‘simliklar
rivojlanishining mavsumiy ritmi o‘rganiladi; ko‘paytirish usullari va ularni qiyosiy baholash; xom ashyo va
faol moddalar to‘planishining yoshi va mavsumiy dinamikasi; xom ashyoni
tayyorlashning maqbul
muddatini belgilash; bio- va abiostressorlarga chidamliligini aniqlash; iqtisodiy jihatdan qimmatli klonlarni
tanlash; yangi kulturani yetishtirish uchun optimal zonani aniqlash;
-qimmatli qishloq xo‘jalik belgilari bo‘yicha istiqbolli namunalarni seleksion material sifatida ajratish
va ularni kelgusi tadqiqotlar uchun ko‘paytirish.