|
Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti
|
Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 31,75 Kb. | | #146629 |
Bog'liq 9-variant
№9
INNOVATSION VA IJTIMOIY IQTISODIYOT
UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI fanidan
Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Variant №9
TOSHKENT-2024
MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH TARTIBI:
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha MUSTAQIL TA’ILIM topshiriqlari varianti jami 4 ta topshiriqdan iborat.
Topshiriqlarni imkoniyati borlar elektron shaklda, Microsoft Word dasturida tayyorlaydi. Matn shrifti “Times New Roman”, 14 o’lchamda, kirill yoki lotin alfavitida, qatorlar oralig’i 1–1,15 intervalda bо‘lishi lozim.
Kimda kompyuterda yozish imkoniyati bo’lmasa topshiriqni qo’lyozma shaklda 12 varoqli daftarga bajarishi ham mumkin.
Har bir topshiriqqa yozilgan javobning hajmi 1 betdan kam, 2 betdan ko’p bо‘lmasligi zarur.
ESLATMA:
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida internet yoki elektron shakldagi boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Ammo, shundayligicha ko‘chirib olinib tahrir qilinmasdan tayyorlangan ishlar baholanmaydi. Javoblarda aniq tarixiy fakt, sana va albatta shaxsiy fikr-mulohazalar bo‘lishi talab etiladi.
Baholash mezonlari:
Yuqorida ko’rsatilgan talablar doirasida bajarilgan har bir topshiriq 5 ballik tizimda baholanadi.
1-TOPSHIRIQ
|
5 ball
|
2-TOPSHIRIQ
|
5 ball
|
3-TOPSHIRIQ
|
5 ball
|
4-TOPSHIRIQ
|
5 ball
|
JAMI:
|
20 ball
|
Mustaqil ishlardan 11 va undan kam ball to’plagan talaba YAKUNIY NAZORAT (imtixon)ga qo’yilmaydi.
Seminar mashg’ulotlarida talabalarning ishtiroki va faolligiga qarab 10 ballik tizimda baholanadi.
1-TOPSHIRIQ:
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida” asarida berilgan istalgan 2 ta tarixiy nutqning mazmunini yoriting.
2-TOPSHIRIQ:
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing:
Davlat suvereniteti. Davlat tili, Respublika, Referendum. Prezident.
3-TOPSHIRIQ:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-bo‘limining mazmunini yoriting.
4-TOPSHIRIQ:
Quyidagi mavzu bo’yicha 20 ta test savollari tuzing (to’g’ri javobni D variantga joylashtiring).
MAVZU: O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi.
|
| |